Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tahorat qilish usuli

Tahorat qilish usuli

Nashr sanasi: April 13, 2025

Savol :

Haram ichida bir kishi suv purkaydigan idishga suv to‘ldirib, masjid gilami ustida o‘tirgan joyida idishdagi suvdan tahorat a’zolariga sepib tahorat qildi. Shunday tahorat qilish mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Suvni yaxshilab sepib , ishqalab yuvish lozim. Tahorat mukammal bo’lib, uning shartlari bajarilishi kerak.

Men ham hayron qolganman. Bir marta bir qora tanli odamning shunday tahorat olayotganini ko‘rib, “bo‘larkan-ku” deb o‘ylab qolgandim. Ya’ni, uzoq joyga hojat uchun borib, keyin tahoratxonaga chiqish ayniqsa e’tikofda o‘tirgan paytda juda qiyin bo‘ladi. Odam uxlab qolsa yoki joyini boshqalar egallab qo‘ysa, bu katta muammo bo‘ladi. Chunki haramda tashqariga chiqish oson emas. Bir marta chiqqandan keyin qayta kirish masalasi ham bo‘ladi.

Shu kabi holatlarda, odam bir kichkina idishga suv solib, tahorat a’zolariga sekin-sekin, purkash usulida suv sepib tahorat qilsa, va har bir a’zoni yaxshilab ishqalab yuvsa, bu tahorat hisoblanadimi, deb savol tug‘iladi. Vallohu a’lam – Alloh bilguvchidir – lekin agar har bir a’zo yaxshilab yuvilsa, tahorat hisoblanadi.

Chunki pis-pis qilib suv sepilsa-yu, shu bilan a’zolar yaxshilab yuvilsa, tahorat to‘g‘ri bo‘ladi. Shartlardan biri – suvning a’zoga yetib, uni yuvishi. Agar bir-ikki tomchi darajasida suv oqsa va bu bilan tozalansa, kifoya. Shu tariqa suv ham tejaladi, va tahoratni qulayroq olish mumkin bo‘ladi.

Lekin faqat tahoratni mukammal qilish kerak. Yaxshilab sepib, a’zoni yuvish kerak. Suvni faqat purkab qo‘yish emas, ishqalab yuvish lozim. Shunchaki purkab qo‘yib, qo‘l bilan betga tegizish degan narsa emas. Suv tejaladi, lekin shartlar bajarilishi kerak.

Men ham bunday tahorat olayotgan kishini ko‘rib hayron qolganman. Bo‘lishi mumkin, lekin mukammal bo‘lishi kerak. Yaxshilab yuvish shart. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025