Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Zakot berish shakli

Zakot berish shakli

Nashr sanasi: April 13, 2025

Savol :

Ustoz, men tijorat bilan shug‘ullanaman. Pulim zakot nisobiga yetsa, zakotni albatta pul ko‘rinishida berishim kerakmi yoki tijoratimdagi mollardan — masalan, choyshab, sochiq kabi narsalardan — bersam ham bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Zakotni tovar shaklida, tovarni pulga hisoblab pul shaklida yoki o’zingizni mahsulotingizdan 40 dan bir qismini bersangiz ham bo‘ladi,

Ya’ni, xohlasangiz pul ko‘rinishida bering, xohlasangiz qo‘lingizdagi tovarning 40 dan bir qismini ajratib bering — bunda muammo yo‘q. Ya’ni, xohlasangiz tovardan bering, xohlasangiz puldan bering. Hatto o‘sha tovarni pulga hisoblab, zakotni pul shaklida bersangiz ham bo‘ladi, deyilgan. Bu, tovardan berish mumkin emas degani emas.

Agar tovaringiz bo‘lsa, undan ham berishingiz mumkin. 40 dan bir qismini zakot qilib ajratasiz. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Zakot miqdori katta bo‘lsa, uni bir kishiga berish mumkin emasmi?

    August 30, 2026
  • Zakotga haqli bo‘lgan faqirlik va miskinlik o‘lchovi nima?

    July 24, 2026
  • Aylantirishga berilgan puldan zakot chiqariladimi?

    July 18, 2026
  • Zakotni so‘rab olsa bo‘ladimi?

    December 16, 2025
  • Harom puldan zakot beriladimi?

    September 7, 2025
  • Chet eldan yuborgan, zakoti berilmay yig‘ilgan pullarimdan endi qanday zakot beraman?

    August 14, 2025