Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Go’zallik saloni

Go’zallik saloni

Nashr sanasi: April 13, 2025

Savol :

Men ayol kishiman. Sochni keratin yoki botoks qilishni o‘rganib, go‘zallik salonida ishlamoqchiman. Bu sohada ishlashim joizmi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shariatda ruxsat berilgan ishlar bilan bir qatorda ruhsat berilmagan ishlar ham qilingani uchun ayollarning go’zallik salonida ishlashi zid deb fatvo berilgan.

Bunday holatlarda ishlash natijasida Islomga zid bo‘lgan ko‘plab amallarni bajarishga to‘g‘ri kelib qoladi. Masalan; tirnoqlarga ishlov berish, qosh yoki yuzni terish kabi shariatda mahzur va la’natlangan, mumkin bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullanish ehtimoli katta.

Shuning uchun, dinini o‘ylagan ayol bunday ishlarni qilmasligi kerak. Dinini, erini, nomusini o‘ylagan ayol bunday ishlardan chetda bo‘lishi kerak, chunki bu sohada ko‘pincha shariatga xilof ishlar aralashib ketadi.

Masalan, sochni silliqlash yoki jingalak qilish — ayollar uchun shar’an joiz bo‘lgan amallardir. Asosan, ayollarga ziynat qilish mubohdir: sochni bo‘yash, unga chiroy berish ham shariatda ruxsat etilgan. Agar ish faqat shu bilan cheklansa — ha, bu mumkin.

Ammo, amalda ko‘pincha faqat soch bilan cheklanilmaydi. Go‘zallik saloni xizmatlari orasida qosh terish, yuz terish, tirnoqlarni bezatish kabi boshqa ishlar ham bor, va ular ko‘pincha shariatga butunlay zid bo‘ladi. Bunday ishlar soatlar davomida bajariladi, deb eshitamiz.

Shuning uchun, erini, nomusini va dinini qadrlaydigan ayol bunday ishlardan uzoq bo‘lishi kerak, degan fatvo beramiz. Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026