Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ayol kishining erining ishxonasida ishlashi va bu ish uchun oylik maosh olishi.

Ayol kishining erining ishxonasida ishlashi va bu ish uchun oylik maosh olishi.

Nashr sanasi: April 8, 2025

Savol :

Ustoz, ayol kishi erining yaqin qarindoshlari yoki bevosita eriga qarashli joyda ishchi sifatida ishlasa, bu ish uchun eridan oylik olishining hukmi qanday?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar ayol kishi o‘zining majburiyatlari — ya’ni uy yig‘ishtirish, ovqat tayyorlash, bolalarga qarash kabi ishlaridan tashqari erining korxonasidagi ishlarda ham xizmat qilayotgan bo‘lsa, u holda o‘sha ish uchun maosh talab qilishi joizdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Aslida, er o‘z ayolini yoki ayolning yaqin qarindoshlari u ayolni ishlatishi — ayolning roziligisiz — joiz emas. Ayol o‘z ixtiyori bilan, rozi bo‘lib ishlayotgan bo‘lsa va bu ishlar er-xotinlik majburiyatlariga kirmasa, u holda ish haqi talab qilishga haqlidir.

Bu ayol erining xotini bo‘ldi degani — u istalgancha ishlatilaveradi, ish haqi so‘rashga haqqi yo‘q degani emas. Afsuski, bizning jamiyatda ba’zi joylarda ayollar xuddi quldek ishlatiladi va bu noto‘g‘ri yondashuv.

Agar ayol biror ishda (masalan, yerda, do‘konda, ishlab chiqarish joyida) doimiy xizmat qilayotgan bo‘lsa, bu er-xotinlik huquqiy doirasidan tashqaridagi mehnat hisoblanadi. Bu holda unga ish haqi berilishi shar’iy jihatdan vojib bo‘ladi.

Ammo er-xotinlik doirasidagi ishlar — masalan, ovqat tayyorlash, farzandlarga qarash, kiyim yuvish kabi — bu nikoh mas’uliyatlariga kirganligi sababli, bu uchun ish haqi talab qilinmaydi.

Lekin erining oilaviy ishidan tashqari bir faoliyatda xizmat qilayotgan bo‘lsa — bu kelishuvda yo‘q bo‘lgan qo‘shimcha ish sanaladi, va bunday mehnatga haq to‘lanishi kerak.

Vallohu a’lam.

 

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikohga oid savol.

    September 4, 2025
  • Uylanaymi, ilm olaymi?

    August 31, 2025
  • Taloqqa oid savol.

    August 27, 2025
  • Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

    August 25, 2025
  • Mahr va iddaga oid savol.

    August 18, 2025
  • “Bilganingni qil, boshing ochiq”, desa taloq tushadimi , tushsa uning yechimi qanday?

    August 14, 2025