Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Taloqni muayyan muddatga bog‘lab aytilgan so‘zlarning hukmi va zulm ostida yashayotgan ayolning ajralish qaroridagi ixtiyori haqida savol.

Taloqni muayyan muddatga bog‘lab aytilgan so‘zlarning hukmi va zulm ostida yashayotgan ayolning ajralish qaroridagi ixtiyori haqida savol.

Nashr sanasi: April 6, 2025

Savol :

Domla, erkak kishi ayoliga “uch oydan keyin taloqsan” desa, taloq tushadimi? Shu muddat tugashiga yaqinlashganda “Men bunday gap aytmaganman” deb tonib olsa, ayol nima qilishi kerak? Ustiga ustak, shu uch oy ichida u biror marta ham yaxshi muomala qilmagan, birga yashamagan bo‘lsa-chi?

Yana bir savol: agar er ayoliga pul bermasa, boshqa ayolga uylanib ketgan bo‘lsa, ayoli esa uzoq yillar sabr qilgan bo‘lsa-yu, endi u bilan yashagisi kelmasa, shunda ham yashashga majburmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Erkakning “uch oydan keyin taloqsan” degan so‘zi belgilangan muddat o‘tgach taloq hisoblanadi va u keyinchalik tonib chiqsa ham ta’sir qilmaydi; agar er doimiy ravishda zulm qilsa, ayol holatini foyda-zarar mezonida baholab, ajralish qarorini o‘zi istixora va maslahat bilan qabul qilishi kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savolingizga javoban:

1. “Uch oydan keyin taloqsan” degan so‘z taloq sanaladimi?

Ha, sanaladi. Chunki er bu bilan taloqni muayyan bir vaqtga bog‘lab qo‘ygan bo‘ladi. Bu oddiy qo‘rqitish yoki tahdid emas. Agar u “uch oydan keyin taloqsan” deb aytgan bo‘lsa, bu vaqt yetganda taloq avtomatik tarzda tushadi.

Agar uch oy tugashiga yaqin: “Men bunday gapni aytmaganman” deb tonib olsa, bu ayolga nisbatan ta’sir qilmaydi. Ayol buni aniq eshitgan va tushungan bo‘lsa, u shunga binoan amal qiladi. Shariatda nikoh va taloq kabi masalalar faqat “og‘zaki inkor” bilan bekor bo‘lmaydi.

Taloqda asos — so‘zning aytilganligi va tushunilganligidadir. Erkak keyinchalik tonib olsa ham, bu uning javobgarligini yo‘qotmaydi. Rasululloh ﷺ aytganlar:

“Men zohirga qarab hukm qilaman.”

Ya’ni, kimki so‘z bilan biror narsani aytib, keyin tonib chiqsa, Alloh oldida o‘zi javob beradi. Ammo insonlar orasidagi hukm zohirga qarab chiqiladi.

Agar er bu so‘zni aniq aytgan bo‘lsa, uch oy o‘tgach, bir taloq tushgan hisoblanadi. Shundan so‘ng ayol ‘iddah (kutish muddati)ni boshlaydi. Agar bu birinchi yoki ikkinchi taloq bo‘lsa, idda davomida er ayolni roziligi bo‘lmasa ham qaytarib olishi mumkin.

Lekin bu uchinchi taloq bo‘lsa, u holda ayol eriga harom bo‘ladi. Faqat boshqa bir er bilan haqiqiy nikohda yashab, ajralgachgina qayta nikoh mumkin bo‘ladi.


2. Er doimiy ravishda yomon muomala qilsa, boshqa ayolga uylanib ketgan bo‘lsa, ayol sabr qilgan bo‘lsa-yu, endi yashagisi kelmasa, nima qilishi kerak?

Bu juda og‘ir holat. Ko‘p ayollar hayotda shunaqa sinovlarga duch kelishadi. Bunday vaziyatda biz maslahat beramiz: hayotingizni foyda-zarar mezonida baholang.

Savollar:

  • Agar u bilan yashasangiz, qanday ijobiy jihatlar bor?

  • Ajralsangiz, qanday salbiy oqibatlar bo‘ladi?

  • Yashashda nima foyda, ajralishda nima zarar?

Mana shu mezonga qarab o‘zingiz qaror chiqaring. Hech kim sizga “ajrashing” deb majburlab ayta olmaydi. Bu — shaxsiy hayotingiz. Bu qarorni ota-onangiz, yaqinlaringiz bilan maslahatlashgan holda, istixora bilan qabul qilishingiz kerak.

Lekin bir narsa aniq: agar eringiz sizni urayotgan, so‘kayotgan, moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlamayotgan bo‘lsa, bu siz uchun taloq so‘rashga asos bo‘ladi, va siz bu bilan gunohkor bo‘lmaysiz.

Shu narsani ishonch bilan ayta olamiz. Ammo ajralish yoki davom ettirish – bu faqat sizning ixtiyoringizda. Hech kim bu masalada o‘rningizga hukm qila olmaydi.

Alloh sizga osonlik, to‘g‘ri yo‘l, sabr, shifo va tavfiq ato etsin.
Amin.
Vallohu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Keksa ayolning nikohlanishi, eri uning ta’minotini qilmasligi va ayolning ajralishga haqqi to’g’risida

    April 17, 2025
  • Vaqtlarini do‘stlari bilan o‘tkazib, oilalariga e’tibor bermaydiganlar.

    April 16, 2025
  • O‘zbekistondagi nikoh o‘qish tartibi

    April 15, 2025
  • Er zulm qilayotgan, lekin taloq ham bermay, khul’ga ham rozi bo‘lmayotgan holatda, ayolni himoya qilish va oilani hal qilish choralari qanday bo‘ladi?

    April 15, 2025
  • Taloq berish va qaytarib olishning shartlari

    April 14, 2025
  • Din yo‘lida qamalib chiqqanman, hozir chet elda tushkunlikda yashayapman, ikki marta ajrashdim, farzandlarimni ko‘ra olmayapman — iltimos, nasihat bering.

    April 14, 2025