Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Musulmon kishi o‘zining kofir onasini kofir kishiga turmushga berish haqida.

Musulmon kishi o‘zining kofir onasini kofir kishiga turmushga berish haqida.

Nashr sanasi: January 12, 2025

Savol :

Musulmon kishi o‘zining kofir onasini kofir kishiga turmushga berishga haqlimi? Agar bu joiz bo‘lsa, bunga qanday yo‘l tutish kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Musulmon kishi kofira ayolga valiy bo‘la olmaydi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Musulmon kishiga kofira ayolni, shu jumladan, o‘zining kofira onasini ham nikohga berish joiz emas. Nikohga berish vazifasi uning valiysi (vakili) bo‘lgan shaxsga yuklatiladi. Agar bu ayolning kofir otasi, akasi yoki amakisi bo‘lsa, ulardan biri uni turmushga berish huquqiga egadir.

Musulmon kishi kofira ayolga valiy bo‘la olmaydi. Xuddi shunday, kofir kishi ham muslima ayolga valiy bo‘la olmaydi. Agar u kofira ayol musulmonlar mamlakatida yashasa va kofirlardan valiysi bo‘lmasa, bunday holda u ayol musulmonlardan birini o‘zining valiysi qilib tanlashi lozim.

Bunday valiysi bo‘lmagan taqdirda, uni turmushga berish vazifasi mamlakat hokimiga yuklanadi. Hokim musulmon bo‘lsa, u ayolni uylanmoqchi bo‘lgan shaxsga turmushga berish huquqiga ega.

Shuningdek, bu huquq qoziga, uning yordamchisiga yoki hokimning vakiliga ham beriladi.
Agar u musulmon bo‘lmagan mamlakatda yashasa, uni turmushga berish vazifasini uning kofir yurtdoshlaridan biri bajaradi.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ota-onam meni aqidasi buzuq insonga turmushga berishmoqchi…

    August 13, 2026
  • Ikkinchi ayolga uylanayotgan kishi birinchi ayolini sir tutsa bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Shar’iy nazar qilgandan keyin oila qurish fikridan qaytilsa, buning hukmi qanday?

    July 21, 2026
  • Qiz olib qochish urfiga ko‘ra qilingan nikoh sahih bo‘ladimi?

    July 21, 2026
  • Olti oylik qiz bolaning peshobi najosat sanaladimi?

    July 16, 2026
  • Junub odam jonliq so‘yishi joizmi? Jinsiy aloqada maniy chiqmasa g‘usl vojib bo‘lmaydimi? Tahoratdan avval doim avratni yuvish shartmi?

    July 4, 2026