Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >To’shak ustida turib namoz o’qisa bo’ladimi?

To’shak ustida turib namoz o’qisa bo’ladimi?

Nashr sanasi: December 31, 2024

Savol :

Ustoz, masjidul Xaromda yerlar marmar toshidan bo‘lgani va sovutgichlar tinimsiz ishlab turgani sababli oyoq osti juda sovuq, bunday holatlarda oyoq ostiga yumshoq va issiq bo‘lgan to‘shaklarni qo‘yib, peshonani esa yerga qo‘yib sajda qilsak, namozimiz durust bo‘ladimi? Shu bilan birga, uyda ham gohida oyog’imiz to‘shakda, peshonamiz esa gilam yoki joynamozda bo‘ladi. Ba’zilar bu holatni inkor qiladi, bu holatning hukmini ham yoritib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Bunday holatda namoz o’qish joiz.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Namozxonning namoz o‘qiyotgan joyi sovuq yoki issiq bo‘lgani uchun oyoqlar ostiga biror narsa to‘shab o‘qishida hech qanday monelik yo‘q. Masalan, qalinroq to‘shak ustida turib, boshini esa gilamga yoki yerga qo‘yib sajda qilsa, bu zarar qilmaydi, in shaa Alloh.

Aksincha holatda, ya’ni odam oyoqlari qattiq joyda turgan, lekin sajda qilayotgan joyi yumshoq bo‘lsa, muammo bo‘lishi mumkin. Chunki sajdaning shartlaridan biri — odam sajda qilayotgan vaqtda orqa qismi boshidan balandroq holatda bo‘lishi kerak. Masalan, zina ustida namoz o‘qishga to‘g‘ri kelib qolsa va ikki qavatli zinaning ikkinchi qavatiga boshini qo‘ysa, bu holatda ba’zi ulamolar sajda o‘tmaydi deyishadi.

Agar yumshoqroq narsa bo‘lsa, masalan, to‘shak yoki gilam, sajda qilish joiz bo‘ladi, qachonki peshona bosimi bilan yerga tegadigan holatda bo‘lsa. Masalan, baland yostiqqa boshni tekizgan bo‘lsa, ammo boshi yostiqni bosib yerga tegmasa, bu sajda hisoblanmaydi. Peshonani og‘irligini tushirgan holatda sajda qilish kerak.

Agar peshona shunchaki yostiqqa yoki boshqa yumshoq narsaga tegsa-yu, lekin yerga yetmasa, bu holatda sajda hisoblanmaydi. Muhim shart shuki, peshonani qo‘yganingizda yostiq yoki gilam tagida bosimni his qilish kerak. Shunda sajda to‘g‘ri bo‘ladi.

Masjidlarda oyoqlar ostiga qalinroq to‘shaklar qo‘yib, peshonani gilamga tegizishning hech qanday zarari yo‘q. Agar oyoqlar to‘shakda, peshona esa gilamga tegib tursa, bu ham joizdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Namoz o‘qimaydigan odamga “Hech bo‘lmasa farzini o‘qi” deb nasihat qilish joizmi?

    April 15, 2025
  • Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tish

    April 14, 2025
  • Namozda zam sura esdan chiqsa

    April 13, 2025
  • Namoz sajdasida , «Subhana Robbiyal A’là» ni aytish esidan chiqib qolsa

    April 13, 2025
  • Balog’atga yetkan bolaning to’liq namoz o’qimasligi

    April 12, 2025
  • Namozdagi hatolik

    April 11, 2025