Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Zakotga haqli bo‘lgan faqirlik va miskinlik o‘lchovi nima?

Zakotga haqli bo‘lgan faqirlik va miskinlik o‘lchovi nima?

Nashr sanasi: July 24, 2026

Savol :

Ustoz, zakotni kimga berishni bilmay qiynalyapmiz.

Avval zakotni yaqin qarindoshlarga berish afzal, deb eshitganmiz. Lekin yaqinlarimiz orasida zakot olishga munosib odam yo’qdek tuyuladi. Hozirgi kunda faqir va miskinlarni topish ham qiyinroq.

Qo’shnimiz, ya’ni amakimning kelini beva. Ikki nafar farzandi bor, ammo sharoiti unchalik yomon emas. Zakotning bir qismini o’sha ayolga bersak bo’ladimi?

Yana bir xolam bor. U ham beva, yolg’iz yashaydi. Lekin uni ham faqir deb ayta olmayman.

Faqir yoki miskinni qanday mezon bilan aniqlaymiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Faqir va miskinni aniqlashning mezoni — uning muhtojligidir.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Faqir va miskinni aniqlashning mezoni — uning muhtojligidir.

Masalan, xolangizni olaylik. Balki u kasaldir, ammo davolanishga mablag’i yo’qdir. Yoki farzandlarini o’qitishga, kiyim-kechak olishga yoki zarur ro’zg’or ehtiyojlarini ta’minlashga imkoniyati yetmayotgandir. Bunday holatlar faqirlik alomatlaridan hisoblanadi.

Shuningdek, uyining sharoiti juda og’ir bo’lishi mumkin. Masalan, uyida isitish tizimi yo’q, gazi yo’q, issiq suvi yo’q yoki yashash uchun zarur sharoitlar yetarli emas. Ana shunday zarur ehtiyojlarni ta’minlash ham faqirning ehtiyojini qoplash jumlasiga kiradi.

Demak, mezon — insonning odatiy hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan ehtiyojlari qanchalik ta’minlanganidir. Agar asosiy ehtiyojlari yetarli darajada qoplanmagan bo’lsa, u muhtoj hisoblanadi.

Siz aytgan beva ayolning ham holatini yaxshilab bilib oling. Agar u haqiqatan ham muhtoj bo’lsa, zakotni unga berishingiz mumkin.

Agar yaqinlaringiz orasida zakot olishga haqli odam topilmasa, zakotni boshqa faqir va miskinlarga berishingiz mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Aylantirishga berilgan puldan zakot chiqariladimi?

    July 18, 2026
  • Zakotni so‘rab olsa bo‘ladimi?

    December 16, 2025
  • Harom puldan zakot beriladimi?

    September 7, 2025
  • Chet eldan yuborgan, zakoti berilmay yig‘ilgan pullarimdan endi qanday zakot beraman?

    August 14, 2025
  • Bo‘sh turgan uy uchun zakot beriladimi?

    August 4, 2025
  • Sotish niyati aniq bo‘lmagan uydan zakot to‘lash kerakmi?

    May 15, 2025