Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Yoshligida sindirib yuborilgan idish (kapilka) va yo‘qotilgan pulning javobgarligi haqida

Yoshligida sindirib yuborilgan idish (kapilka) va yo‘qotilgan pulning javobgarligi haqida

Nashr sanasi: May 23, 2025

Savol :

Men yoshlik chog‘imda amakimning uyida o‘ynab yurgan paytimda, pul solinadigan idishni (kapilkani) sindirib yuborganman. Qo‘rqib ketganimdan, ichidagi tanga pullarni tandirga tashlab yuborganman. Mendan keyin tandirdan pullarni olishmagan. Endi nima qilishim kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar sizning gumoningizga ko‘ra o‘sha kapilkada qancha pul bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb o‘ylasangiz, shunga yaqin miqdorni — hattoki biroz ko‘proq qilib bo‘lsa ham — egasiga yoki uning vorislariga topshirsangiz, bu bilan zimmaingiz yengillaydi, inshaAlloh.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar sizning gumoningizga ko‘ra o‘sha kapilkada qancha pul bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb o‘ylasangiz, shunga yaqin miqdorni — hattoki biroz ko‘proq qilib bo‘lsa ham — egasiga yoki uning vorislariga topshirsangiz, bu bilan zimmaingiz yengillaydi, inshaAlloh.

Siz ularni albatta rozi qilishga majbur emassiz. Masalan, ular o‘sha idishning o‘zini yoki ichida yo‘qolgan deb boshqa narsalarni so‘rashsa — bu ularning haqqi emas. Sizning vazifangiz — shubhasiz qolmaslik va ma’suliyat hissi bilan ehtimoliy zararni qoplashdir.

Agar ularga: “Mana, men sizlarning haqqingiz deb niyat qilib shu pulni topshiryapman. Iloji bo‘lsa rozi bo‘linglar,” desangiz va ular “rozi bo‘ldik” deyishsa — nur ustiga nur. Aks holda, sizning zimmaingizdagi haq ado etilgan bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026