Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Yaxshi amallari habata bo‘ladigan ish qilgan kishi tavba qilsa, ular joyiga qaytadimi?

Yaxshi amallari habata bo‘ladigan ish qilgan kishi tavba qilsa, ular joyiga qaytadimi?

Nashr sanasi: August 7, 2025

Savol :

Ustoz agar inson bilmay yoki unutib, yaxshi amallarini habata (bekor) qiladigan bir amal qilib qo‘ysa-yu, so‘ng bu haqida eslatma kelsa va u tavba qilsa, oldin qilgan yaxshi amallari qaytadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Buni aniq faqat Alloh biladi. Qaytadimi yoki qaytmaydimi – bu Alloh taologa bog‘liq. Alloh xohlasa, albatta, ularni qaytarishga qodir zot. Agar inson chin dildan tavba qilib, o‘zini isloh qilsa, qaytarilishi umid qilinadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Buni aniq faqat Alloh biladi. Qaytadimi yoki qaytmaydimi – bu Alloh taologa bog‘liq. Alloh xohlasa, albatta, ularni qaytarishga qodir zot. Agar inson chin dildan tavba qilib, o‘zini isloh qilsa, qaytarilishi umid qilinadi.

Bu masalada ulamolar orasida ixtilof bor. Xususan, murtad bo‘lgan kishi tavba qilib yana islomga kirganida, ilgari qilgan amallari – masalan, haj ibodati – habata bo‘lib ketadimi yoki qaytadimi, degan masalada ikki xil qarash mavjud.

Ba’zi ulamolar: “Agar bir kishi murtad bo‘lib, so‘ng islomga qaytsa, ilgari qilgan haj amali bekor bo‘ladi va qaytadan haj qilishi lozim,” deganlar. Boshqa ulamolar esa: “Yo‘q, tavba qilgach, oldingi haj ibodatining savobi ham qaytadi,” deganlar. Ularning fikricha, “habata” faqat tavbasiz o‘lsa amal qiladi, ammo tavba qilsa – Alloh rahmati bilan amallari joyiga qaytadi.

Shu bois bu masalada qat’iy hukm emas, balki umid va Allohning rahmatiga bog‘liq. Agar tavbasi chin bo‘lsa, amallarni isloh qilsa va to‘g‘ri yo‘lda davom etsa – Allohning rahmati nihoyatda keng. U Zot avvalgi amallarga yana ajr berishga albatta qodirdir.

Vallāhu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026