Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Xotinimni oyda bir onasinikiga olib borsam yetarlimi?

Xotinimni oyda bir onasinikiga olib borsam yetarlimi?

Nashr sanasi: July 17, 2026

Savol :

Xotinimni oyda bir marta onasinikiga olib borsam, unga zulm qilgan bo’lamanmi yoki onasinikiga tez-tez olib borib turish kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bir shaharda, hattoki bir mahallada yashashayotgan bo’lsa, oyda bir marta olib borish ozlik qiladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu xotinning onasi qayerda yashayotganiga ham bog’liq.

Agar bir shaharda, hattoki bir mahallada yashashayotgan bo’lsa, oyda bir marta olib borish ozlik qiladi. Urfga ko’ra, hech bo’lmaganda ikki haftada bir marta, imkon bo’lsa haftada bir marta onasinikiga borib turishi maqsadga muvofiq.

Ammo boshqa shaharda yoki uzoq joyda yashashayotgan bo’lsa, bu boshqa masala. Yo’l uzoq bo’lsa, xarajat ko’p bo’lsa, ba’zan bir yilda bir marta borib kelishning o’zi ham katta gap bo’ladi. Ayniqsa, xorijda yashaydiganlar uchun bilet, safar va boshqa xarajatlar hisobga olinadi.

Lekin bitta shaharda yoki bitta mahallada yashab turib, onasini bir oy davomida ko’rmasligi uzoq muddat hisoblanadi. Shuning uchun bu muddatni imkon qadar qisqartirish yaxshi bo’ladi.

Eng yaxshi mezon shuki, o’zingizga savol bering: o’z qizingizni yoki singlingizni qancha vaqtda bir ko’rgingiz keladi? Oyda bir marta ko’rish sizni qoniqtiradimi? Agar “yo’q, ko’proq ko’rgim keladi” desangiz, bilingki, ularning ota-onasi ham xuddi shunday his qiladi.

Shuning uchun o’zingizga qanday muomala qilinishini istasangiz, boshqalarga ham shunday muomala qiling. Ana shu eng to’g’ri yechimdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026