Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Xorijdan mahsulot yuborib berish asnosida foydalanish haqida.

Xorijdan mahsulot yuborib berish asnosida foydalanish haqida.

Nashr sanasi: December 22, 2025

Savol :

Xorijda yashayman. Ba’zan boshqa davlatdagi tanishlar turli buyumlarni sotib olib, ularga yetkazib berishimni so‘rashadi. Bu buyumlarni topish uchun ma’lum darajada vaqt va xarajat ketadi.

Lekin bu xarajatlarni ularga aytish noqulay bo‘ladi. Shu sababli xarajatlarni o‘sha buyumning tan narxiga qo‘shib aytsam bo‘ladimi?

Yana ba’zan buyumning bozordagi narxi ularga oldindan ma’lum bo‘ladi. Agar men o‘sha buyumni arzonroq topsam-u, ularga o‘zlari bilgan narxni aytsam, bu joizmi?

Shuningdek, ba’zan sotuvchi buyum bilan birga kichik hadyalar ham qo‘shib beradi. Shu hadyalarni o‘zimga olib qolishim mumkinmi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Vakil bo‘lgan odam uchun eng to‘g‘ri yo‘l — shaffoflik, halollik va taqvo. Noqulay bo‘lsa ham, xarajatni, foydani va hadyani ochiq aytish kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala ustida biroz to‘xtalish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam, mening bu boradagi qarashim shuki: barcha holatlarni ochiq aytish kerak.

Sababi, bu yerda siz vakil bo‘lib qolyapsiz. Ya’ni tanishingiz sizga:
“Falon buyumni topib ber,” deb topshiriq beryapti. Shu bilan siz uning nomidan ish yuritayotgan omonatdor vakilga aylanasiz.

Shariatda vakil:

  • foyda qilsa ham,

  • zarar qilsa ham,

  • chegirma olsa ham,

  • hadya olsa ham

bularning barchasi muvakkilga (sizni vakil qilgan kishiga) tegishli bo‘ladi.

Shuning uchun:

  • buyum arzonroq tushsa — aytish kerak,

  • yo‘l xarajati bo‘lsa — aytish kerak,

  • sotuvchi hadya bersa — bu ham aytilishi kerak.

Bularning barchasi shaffof va ochiq bo‘lishi lozim.

Agar buni yashirib:

  • narxni oshirib aytsangiz,

  • arzon tushganini bildirmasangiz,

  • hadyani o‘zingizga olib qolsangiz,

bu xiyonat va yolg‘on bo‘ladi hamda shar’an joiz emas.

To‘g‘ri, bu holatda noqulaylik bor. Ba’zan odamlar:
“Buni savob uchun qilmaysanmi?”
“Pulini so‘rab o‘tiribsan-ku,”
deyishi mumkin.

Lekin bu noqulaylikni bahona qilib, halollikdan chekinib bo‘lmaydi.
Ochiq aytishdagi xijolat — yashirib olishdan ko‘ra yengilroq.

Chunki:

  • ertaga asl narx ma’lum bo‘lib qolishi mumkin,

  • shunda xijolat yanada kattaroq bo‘ladi,

  • ishonch yo‘qoladi,

  • munosabat buziladi.

Shuning uchun eng to‘g‘ri yo‘l — boshidan oxirigacha ochiq va halol bo‘lish.

Xulosa:
Vakil bo‘lgan odam uchun eng to‘g‘ri yo‘l — shaffoflik, halollik va taqvo.
Noqulay bo‘lsa ham, xarajatni, foydani va hadyani ochiq aytish kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026