Xorijda yashayman. Ba’zan boshqa davlatdagi tanishlar turli buyumlarni sotib olib, ularga yetkazib berishimni so‘rashadi. Bu buyumlarni topish uchun ma’lum darajada vaqt va xarajat ketadi.
Lekin bu xarajatlarni ularga aytish noqulay bo‘ladi. Shu sababli xarajatlarni o‘sha buyumning tan narxiga qo‘shib aytsam bo‘ladimi?
Yana ba’zan buyumning bozordagi narxi ularga oldindan ma’lum bo‘ladi. Agar men o‘sha buyumni arzonroq topsam-u, ularga o‘zlari bilgan narxni aytsam, bu joizmi?
Shuningdek, ba’zan sotuvchi buyum bilan birga kichik hadyalar ham qo‘shib beradi. Shu hadyalarni o‘zimga olib qolishim mumkinmi?