Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.
Ochig‘ini aytsam, bu masala barchamizni qiynayotgan masala.
Qanday qilib umrimiz barakali bo‘lsin, qanday qilsak hamma ishga ulguramiz — buni hammamiz izlayapmiz.
Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Alloh ishlaringizga ham, umringizga ham baraka bersin.
Bu borada bizda “Baraka darslari” bor.
Agar adashmasam, ular “Salomat qalb” darslari ichida bor.
O‘sha darslarda:
-
umrdagi baraka,
-
vaqtdagi baraka,
-
amaldagi baraka,
-
moldagi baraka,
-
farzanddagi baraka
— barchasi birma-bir tushuntirilgan.
Barakaning eng katta ikki sababi: iymon va taqvo
Alloh taolo Qur’onda aniq va’da qiladi:
وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْقُرَىٰٓ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّقَوْا۟ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَـٰتٍۢ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ
“Agar qishloqlar ahli iymon keltirib, taqvo qilganlarida edi, Biz ularga osmon va yerdan barakalarni ochib qo‘ygan bo‘lardik.”
A’rof surasi, 96-oyat
Bu Allohning ochiq va’dasi.
Kim baraka xohlasa iymonni mustahkamlashi, taqvoni hayotiga kiritishi kerak.
Baraka sabablaridan yana ba’zilari:
Silai rahm
Qarindoshlik aloqalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysangiz, barakani aniq his qilasiz.
Halol rizq
Ishingizda halol bo‘lsangiz, tirikchiligingiz halol bo‘lsa — Alloh baraka beradi.
Bu ham taqvoning bir ko‘rinishidir.
Vaqtni tartibga solish
Hayoti barakali bo‘lgan kishilarning hayotini o‘rganish,
ortiqcha, foydasiz mashg‘ulotlarni tashlash juda muhim.
Eng katta baraka o‘g‘risi — telefon
Ochig‘ini aytsak, bugun telefon umrimizning yarmini o‘g‘irlayapti.
Uxlayotganda ham, turganda ham, yurganda ham, o‘tirganda ham, ovqat yeganda ham — telefon.
Shu sabab vaqt qayerga ketayotganini sezmaymiz, baraka yo‘qolgandek tuyuladi.
Bir kun bo‘lsa ham telefonni chetga qo‘yib ko‘ring, keraksiz qarashlarni qisqartiring.
Shunda vaqt sekinroq o‘tayotgandek bo‘ladi, kunlar barakaliroq bo‘lib qoladi.
Xulosa:
Mening aytmoqchi bo‘lganim shuki:
-
Baraka sabablariga jiddiy e’tibor bering
-
Iymon va taqvoni kuchaytiring
-
Halol bo‘ling
-
Vaqtingizni tartibga soling
-
Molayaniy, foydasiz ishlarni kamaytiring
Alloh taolo taqvo qilgan bandaga O‘zi baraka beradi.
Bu Uning va’dasi.
Allohu a’lam.