Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Urushda o‘lgan ota-bobolarimiz shahid hisoblanadimi?

Urushda o‘lgan ota-bobolarimiz shahid hisoblanadimi?

Nashr sanasi: May 4, 2026

Savol :

Ustoz, bizning katta otalarimiz urushda qatnashgan. Ba’zilari qaytib kelgan, ba’zilari esa dom-daraksiz yo‘qolgan. U paytlarda ular dindan uzoqroq bo‘lgan deyishadi, chunki ustilarida zolim va kofir boshliqlar bo‘lgan.

Men so‘ramoqchi bo‘lganim: o‘sha urushda qatnashgan musulmonlar hammasi ajr oladimi? Yo‘qolgan yoki vafot etganlarini shahid deb duo qilsak bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shahid deganda, aslida Allohning kalimasini oliy qilish yo‘lida o‘ldirilgan kishi tushuniladi. Bu holatda esa ular aynan shu niyat bilan chiqmagan, balki ko‘pchiligi majburiy ravishda olib ketilgan insonlar bo‘lgan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Shahid deganda, aslida Allohning kalimasini oliy qilish yo‘lida o‘ldirilgan kishi tushuniladi. Bu holatda esa ular aynan shu niyat bilan chiqmagan, balki ko‘pchiligi majburiy ravishda olib ketilgan insonlar bo‘lgan.

Agar inson majburlab urushga olib ketilgan bo‘lsa va majburlab o‘ldirilgan bo‘lsa, bu holat majburlangan mo‘min hukmida bo‘ladi. Shuning uchun, agar niyati yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, ularga shahid ajri bo‘lishidan umid qilinadi.

Bu masalada aniq hukm chiqarish qiyin. Bu ish Allohga havola qilinadi. Har bir inson o‘z niyatiga qarab ajr oladi.

Alloh taolo hech bir amal qiluvchining amalini zoye qilmaydi. Hatto zarra miqdoricha yaxshilik ham yo‘qolmaydi. Kimning niyati qanday bo‘lsa, o‘sha asosda mukofotini oladi.

Shuning uchun biz:

  • ularning haqiga duo qilamiz
  • Allohdan gunohlarini mag‘firat qilishini so‘raymiz
  • Alloh ularni rahmatiga olishini tilaymiz

Shuningdek:

  • ular nomidan sadaqa qilish
  • haj yoki umra qilish
  • savobli amallarni bag‘ishlash

— bular foydali ishlardir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026