Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Urilgan mashina zararini sug‘urta kompaniyasi qoplab bermaganiga oid savol.

Urilgan mashina zararini sug‘urta kompaniyasi qoplab bermaganiga oid savol.

Nashr sanasi: August 5, 2025

Savol :

Biz ikki yil oldin bir mashinani urib yuborgan edik. O‘sha mashinaning ta’mir xarajatlarini bizning sug‘urtachimiz qoplab berishi kerak edi, ammo qoplamagan. Endi esa mashina egasi bizdan pulni talab qilayapti. Men to‘lamayman, “sug‘urtadan ol”, deyapman. Agar to‘lamasam, bu ishning hukmi nima bo‘ladi? Mashina egasi musulmon emas — kofir.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Siz mashinani urib, zarar yetkazgan bo‘lsangiz, bu zararni siz qoplashingiz farz bo‘ladi. Chunki jabrlanuvchi, hatto musulmon bo‘lmasa ham, mazlum hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Siz mashinani urib, zarar yetkazgan bo‘lsangiz, bu zararni siz qoplashingiz farz bo‘ladi. Chunki jabrlanuvchi, hatto musulmon bo‘lmasa ham, mazlum hisoblanadi. Siz esa hozirgi holatda zolim bo‘lib qolyapsiz. Sug‘urta o‘z va’dasini bajarmagan bo‘lsa, siz ularni ustidan shikoyat qilib, to‘lashlarini talab qilishingiz mumkin. Ammo baribir, bu zarar siz orqali kelgani uchun javobgarlik sizning zimmangizda qoladi.

Shuning uchun avvalo o‘zingiz to‘lab, keyin sug‘urtadan olishingiz mumkin. Ammo to‘lamay yurish — zulm sanaladi. Bu yerda zararni o‘z vaqtida to‘lamaslik — zulmga kiradi. Jabrlanuvchi musulmon bo‘lmasa ham, insonlik huquqi bor. Shu sabab, imkon qadar bu ishni kechiktirmay hal qiling.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026