Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Umar raziyallohu anhu nega “Abu Hafs” deyilgan?

Umar raziyallohu anhu nega “Abu Hafs” deyilgan?

Nashr sanasi: January 28, 2026

Savol :

Ustoz, nega Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni Abu Hafs deb atashgan?

Bu uning qizi Hafsa roziyallohu anho bo‘lgani uchunmi? Agar shunday bo‘lsa, nega Abu Hafsa emas?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bu uning qizi Hafsa roziyallohu anho bilan bog‘liq. Biroq arab tilida “tarxīm” (تَرْخِيم) deb ataladigan bir uslub bor. Bu — so‘zni qisqartirib, tilga yengilroq va qulayroq shaklda aytish demakdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu uning qizi Hafsa roziyallohu anho bilan bog‘liq. Biroq arab tilida “tarxīm” (تَرْخِيم) deb ataladigan bir uslub bor. Bu — so‘zni qisqartirib, tilga yengilroq va qulayroq shaklda aytish demakdir.

Masalan, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Oisha onamizni ba’zan “Aish” deb chaqirganlar, “Oisha” deb to‘liq aytmasdan. Bu hurmatsizlik emas, balki arab tilida tabiiy va odatiy bo‘lgan, talaffuzni yengillashtirish uchun ishlatiladigan uslubdir.

Xuddi shu qoida bu yerda ham qo‘llangan. Hafsa roziyallohu anho Umar roziyallohu anhuning qizi bo‘lgani uchun u kishi “Abu Hafsa” deb ham aytilishi mumkin edi. Ammo tilga yengilroq bo‘lgani sababli “Hafs” shakli ishlatilgan va u “Abu Hafs” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan.

Bu holat arablar orasida odatiy bo‘lgan, hech kim buni ayb yoki noo‘rin narsa deb hisoblamagan. Aksincha, urfda va tilda qulay bo‘lgani uchun keng ishlatilgan.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning Oisha onamizni “Aish” deb chaqirganlari ham bunga yaqqol misoldir. Bu nomlashda hech qanday nuqson yoki noqulaylik yo‘q.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026