Qo‘shnim to‘rt yildan buyon farzand ko‘ra olmayapti. Tuxumdonidagi kistani oldirish vaqtida unga qo‘shib bitta tuxumdonini ham olib tashlashgan.
Doktorlar: «Bitta tuxumdon bilan ham farzand ko‘rsa bo‘ladi», degan ekan. Buni esa operatsiyadan ancha vaqt o‘tib bilibdi. Mendan: «Uydagilarga aytib yurmang, bo‘lmasa meni haydab yuborishadi», dedi. Keyin o‘ylanib qoldim. Rostini aytishi kerakmi yoki oila buzilmasin deb aytmasa ham bo‘ladimi?