Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tilanchilarga sadaqa qilish shartmi?

Tilanchilarga sadaqa qilish shartmi?

Nashr sanasi: April 25, 2025

Savol :

Ustoz, ko‘chalarda tilanchilik qiladigan, bermasangiz orqangizdan quvlab boradigan yoki siz xohlamasangiz ham mashinangiz oynasini artib, pul so‘raydigan tilanchilarga sadaqa qilishimiz shartmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar odam haqiqatda muhtoj bo‘lsa – bersangiz bo‘ladi. Ammo agar u bu ishni kasb qilib olgan bo‘lsa, bermaslik lozim deb hisoblaymiz. Chunki sadaqa berish orqali uning noto‘g‘ri ishiga, gunohiga, befoyda hayot tarziga hissa qo‘shgan bo‘lib qolishingiz mumkin.

Yo‘q, yo‘q, bunday odamlarga sadaqa qilish shart emas. Agar u bu ishni kasb qilib olgan bo‘lsa, bermaslik ham mumkin. Chunki ular hech qanday foydali ish qilmaydi. Ayrimlari hatto orqangizdan quvib, ba’zida og‘ziga nos solgan holda, bermasangiz mashinangiz oynasiga nos tuflab ketishadi, quvlasangiz ham yetib bo‘lmaydi. Bu holat qaroqchilikning bir turi, beodoblikdir. Katta-katta ho‘kizdek yigitlar, gavdasi tog‘ni talqon qiladigan bolalar chiqib olib sadaqa so‘rashadi. Bu ularning o‘zlariga kasb qilib olgan odati bo‘lib qolgan.

Bundaylarga bermaslik kerak. Aksincha, nasihat qilish kerak: bor, ishla. Jamiyatga foyda keltir – ko‘chani tozala, yuk tashi, arava sudra, odamlarga biror manfaat keltir, shunda topgan puling halol bo‘ladi. Hech bir ish qilmay, odamlarning oldidan chiqib sadaqa so‘rash – bu noto‘g‘ri.

Ammo, masalan, bolasi kasal bo‘lsa, nogiron bo‘lsa, yoki bir qariya bo‘lsa, holatidan ehtiyoji ko‘rinib turgan bo‘lsa, bunday holatlarda berish mumkin – zarar qilmaydi.

Ya’ni, agar u odam haqiqatda muhtoj bo‘lsa – bersangiz bo‘ladi. Ammo agar u bu ishni kasb qilib olgan bo‘lsa, bermaslik lozim deb hisoblaymiz. Chunki sadaqa berish orqali uning noto‘g‘ri ishiga, gunohiga, befoyda hayot tarziga hissa qo‘shgan bo‘lib qolishingiz mumkin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026