Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >“Taqdiring o‘zingning qo‘lingda” deyishadi, bu qanchalik to‘g‘ri?

“Taqdiring o‘zingning qo‘lingda” deyishadi, bu qanchalik to‘g‘ri?

Nashr sanasi: June 24, 2025

Savol :

Taqdirdagi ishlarning bo‘lmay qolishiga insonning o‘zi ham sababchi bo‘ladimi? “Taqdiring o‘zingning qo‘lingda” deyishadi, bu qanchalik to‘g‘ri? Odamlarning zarar berishi ham taqdirdanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

“Taqdiring o‘zingning qo‘lingda” degan gap sabablarga harakat qilish ma’nosida to‘g‘ri. Ammo haqiqiy taqdir – Allohning yozg‘isidir. Harakat bizdan, natija Allohdandir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

“Taqdiring o‘zingning qo‘lingda” degan gap sabablarga intil degan ma’noda to‘g‘ri. Ammo haqiqiy taqdir – barcha ishlarning yozig‘i – faqat Allohning qo‘lidadir. Hech kim, hatto payg‘ambar ham o‘z taqdirini mustaqil hal qila olmaydi.

Bizga sabab qilish buyurilgan: harakat qilamiz, duolar qilamiz, ilm olamiz, ehtiyot choralarini ko‘ramiz. Ammo natija – Allohning irodasi va yozgan taqdiri bilan bo‘ladi.

Odamlarning sizga qilgan zarari ham – sizga zarar berishlariga izn berilgan bo‘lsa – taqdirdan sanaladi. Lekin bu degani ular aybsiz degani emas. Ular gunohkor bo‘lishadi, siz esa sabr va duo bilan sinovdan o‘tasiz.

Xulosa: Taqdir – Allohdan. Bizga sabab qilish – harakat qilish – buyurilgan. Taqdirga iymon keltiramiz, sabablarga esa amal qilamiz.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026