Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tanishim uchun kreditga televizor olib bergandim. U esa haligacha pulini to‘lamagan. To‘lov kimning bo‘ynida?

Tanishim uchun kreditga televizor olib bergandim. U esa haligacha pulini to‘lamagan. To‘lov kimning bo‘ynida?

Nashr sanasi: July 5, 2025

Savol :

Ustoz, besh yil oldin tanishim uchun kreditga televizor olib bergandim. Tanishim esa haligacha pulini to‘lamagan. O‘sha vaqtda kreditga foiz qo‘shilsa haromligini bilmagandim. Hozirda esa mening yashab turgan manzilimga majburiy to‘lov xati kelgan.

Endi bu to‘lovni men to‘lashim kerakmi yoki televizorni olgan tanishim to‘lashga majburmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar kredit sizning nomingizda bo‘lsa, siz mas’ulsiz. Pulni to‘lab, keyin tanishingizdan undirishingiz mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar siz o‘sha vaqtda kreditni o‘zingizning nomingizga rasmiylashtirib olgan bo‘lsangiz, bu to‘lov sizning bo‘yningizda bo‘ladi. Sababi, bank yoki moliyaviy tashkilot bilan siz shartnoma tuzgansiz, ular sizdan talab qiladi.

Endi siz bu to‘lovni amalga oshirib, so‘ng tanishingizdan to‘liq miqdorda, shu jumladan foizlari bilan undirishingiz mumkin. Chunki aynan u tufayli siz zararga uchragansiz.

 Bu qarz tanishingizga tegishli bo‘lgani uchun unda qolgan qarzni undirishingiz joiz.

Vallāhu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026