Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Suratlarni albomda saqlash hukmi.

Suratlarni albomda saqlash hukmi.

Nashr sanasi: August 2, 2025

Savol :

Ustoz, ota-ona, farzandlarimiz va boshqa yaqinlarimiz suratlarini albomga yig‘ishimizning hukmi qanday?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ko‘pchilik ulamolar taqvo nuqtai nazaridan bunga ruxsat yo‘q, deyishgan. Shuning uchun bunday suratlarni yig‘ish va saqlashdan tiyilish afzalroq.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu suratlar devorga osilmasdan, faqatgina yodgorlik uchun albomda saqlab qo‘yilsa, bu masala ixtilofli hisoblanadi. Chunki bu yangi paydo bo‘lgan masalalardan biri.

Ba’zi ulamolar buni muboh (joiz) deb aytishgan. Ammo ko‘pchilik rabboniy , hozirgi zamonda taqvo yo‘lini tutgan olimlar esa bunga ruxsat yo‘q, deyishgan. Shu sababli bu kabi suratlarni yig‘ish va saqlashdan tiyilish afzalroq hisoblanadi.

Suratlar hech qanday foyda keltirmaydi, aksincha, faqat hasrat va nadomat uyg‘otishi mumkin. Ayrimlar uchun bu – faqat o‘tgan kunlarni eslash vositasi xolos. Suratlarning uydagi mavjudligi boshqa muammolarga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sababli, bu ishni qilmaslik – afzal.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025