Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Sun’iy paydo qilingan bulutdan yomg‘ir yog‘dirishni qanday tushunamiz?

Sun’iy paydo qilingan bulutdan yomg‘ir yog‘dirishni qanday tushunamiz?

Nashr sanasi: July 21, 2026

Savol :

Bundan olti yil oldin Amerika Fazo tadqiqot markazi — NASA sun’iy bulutlar hosil qilish orqali yomg’ir yog’dirish tajribalarini o’tkazgan edi. Keyinchalik bu texnologiya yanada rivojlanib, Dubayda ham dronlar yordamida sun’iy bulutlar hosil qilib, yomg’ir yog’dirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Biz musulmonlar yomg’irni faqat Alloh yog’diradi, deb e’tiqod qilamiz. Bilim va texnologiya yordamida hosil qilinayotgan bunday sun’iy yomg’irlarni qanday tushunishimiz kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masala Alloh taolo koinotga qo’ygan sunanlar, ya’ni qonunlar bilan bog’liq.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Bu masala Alloh taolo koinotga qo’ygan sunanlar, ya’ni qonunlar bilan bog’liq.

Masalan, olovni olaylik. Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:

أَفَرَءَيْتُمُ ٱلنَّارَ ٱلَّتِى تُورُونَ ٧١

ءَأَنتُمْ أَنشَأْتُمْ شَجَرَتَهَآ أَمْ نَحْنُ ٱلْمُنشِـُٔونَ ٧٢

O`zingiz yoqadigan olovni o`ylab ko`ring-a!

Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?
(Voqi’a surasi, 71–72-oyatlar).

Olovning kuydirishi, yog’ochning yonishi va issiqlik chiqarishi — bularning barchasi Alloh yaratgan qonunlar asosida sodir bo’ladi.

Xuddi shuningdek, magnitning temirni tortishi, samolyotning havoda uchishi yoki boshqa fizik hodisalar ham Alloh taolo yaratgan qonunlar asosida ishlaydi. Inson bu qonunlarni o’rganadi va ulardan foydalanadi, xolos.

Bulutlarning hosil bo’lishi yoki ma’lum usullar bilan yomg’ir yog’ishiga sabab bo’ladigan sharoitlarni yaratish ham shu jumladandir. Inson faqat sabablarni qo’llaydi. Ammo natijani yaratadigan Zot — Alloh taolodir.

Buni dehqonning urug’ ekishiga qiyos qilish mumkin. Dehqon urug’ni tuproqqa qadab qo’yadi. Ammo uni yorib chiqaradigan, unib-o’stiradigan Zot Allohdir. Agar Alloh iroda qilmasa, urug’ unmaydi.

Xuddi shuningdek, tibbiyotda erkak urug’ini ayol bachadoniga joylashtirish mumkin. Lekin undan hayot paydo bo’lishi ham faqat Allohning izni va yaratishi bilan bo’ladi. Inson faqat sababni amalga oshiradi.

Sun’iy yomg’ir masalasida ham xuddi shunday. Olimlar Alloh yaratgan qonunlardan foydalanib, ayrim sabablarni hosil qiladilar. Ammo yomg’irning yog’ishi, bulutning hosil bo’lishi va buning natijasini yaratish faqat Alloh taoloning irodasi va qudrati bilan bo’ladi.

Ovqat pishirayotganimizda ham olov yoqamiz. Suvning ma’lum haroratda qaynashi, temirning yuqori haroratda erishi yoki vulqonlardan erigan toshlarning oqib chiqishi — bularning barchasi Alloh taolo koinotga qo’ygan qonunlardir.

Shunday ekan, inson bu qonunlardan foydalanishi mumkin. Ammo: “Men yaratdim”, deb ayta olmaydi. Chunki yaratish faqat Alloh taologa xosdir. Inson faqat sabablarni ishlatadi, natijani esa Alloh taolo yaratadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026