Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

Nashr sanasi: April 15, 2026

Savol :

Shariatga xilof narsalar sotiladigan omborxonalarda ishlash hukmi qanday? Ammo orasida boshqa joiz bo‘lgan narsalar ham juda ko‘p. Bir-ikkita shariatga xilof bo‘lgan narsalar ham sotiladi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ish joyining asosiy faoliyati halol bo‘lsa va siz harom narsaga bevosita aloqador bo‘lmasangiz joiz, lekin haromni o‘zingiz sotish yoki tashish joiz emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Endi bu narsa “bir-ikkita” deganda qancha — shuni aniqlash kerak.

Biz ko‘pincha misol qilamiz: bir narsaning maqsadi bor, yana unga tobe (qo‘shimcha) narsalar bor. Masalan, bir odam taksi haydaydi. Taksiga turli odamlar minadi: yaxshisi ham, yomoni ham, solihi ham, fosiqi ham. Siz ularni aytgan joyiga olib borasiz.

Endi bir odam mindi, cho‘ntagida aroq bor. Siz uni olib borib qo‘ysangiz, aroq tashigan bo‘lasizmi? Yo‘q. Siz odam tashidingiz, aroq esa u bilan birga ketyapti.

Yoki masalan, samolyot. Siz samolyotda qatnaysiz, turli odamlar minadi. Balki nomahram erkak-ayollar birga uchib, gunoh qilish uchun ketayotgandir. Siz ularni olib borib qo‘yyapsiz. Lekin sizning maqsadingiz ularni gunohga xizmat qilish emas, balki halol yo‘l bilan pul topishdir.

Demak, inson yaxshi niyat bilan bir ish qilsa va o‘sha ishga qo‘shimcha ravishda ma’siyat aralashib qolsa, u bunga javobgar bo‘lmaydi.

Lekin buning aksi ham bor. Masalan, kimdir sizga aniq qilib: “Mana shu aroqlarni falon joyga olib borib qo‘ying”, desa — bu holda siz bevosita aroq tashigan bo‘lasiz. Bunda siz ham gunohga sherik bo‘lasiz.

Farq shunda: narsaning o‘zini maqsad qilib bajarish boshqa, qo‘shimcha ravishda aralashib qolishi boshqa.

Endi siz ishlayotgan joyga kelsak: agar do‘kon yoki omborxona asosan halol mahsulotlarga ixtisoslashgan bo‘lsa, lekin ichida bir-ikki harom narsa ham bo‘lsa va sizning o‘sha narsalarga bevosita aloqangiz bo‘lmasa, bunda ishlash mumkin.

Masalan:

  • siz qorovul bo‘lsangiz
  • yoki farrosh bo‘lsangiz
  • yoki umumiy halol mahsulotlar bilan ishlasangiz

Lekin harom narsani o‘zingiz sotishingiz yoki tashishingiz to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Ya’ni asosiy faoliyatga qaraladi. Agar harom narsa qo‘shimcha bo‘lsa, u asosiy narsaga tobe bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, o‘sha joyda qancha va qanday noshar’iy narsalar borligi, asosiy faoliyat nima ekani — shunga qarab hukm qilinadi.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026
  • Akaning uka ustida qancha haqqi bor?

    April 8, 2026