Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Sakinat nima?

Sakinat nima?

Nashr sanasi: August 7, 2026

Savol :

“Sakinat” deganda nima tushuniladi?

Bir kishi so‘rab qoldi: “Men sakinat ichki tuyg‘u bo‘lib, qalbdagi xotirjamlikdan iborat”, dedim. U esa: “Yo‘q, unday emas”, dedi. “Buning bir ta’rifi bormi? Xuddi quyosh, bulut yoki oyni ta’riflagandek ta’riflab bering”, deydi. Men bunaqasini bilmas ekanman, shuning uchun sizlardan so‘ramoqchi edim.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Aslida, o‘zingiz to‘g‘ri ta’rif beribsiz. Sakinat — bu inson qalbiga Alloh taolo tomonidan beriladigan xotirjamlik.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Aslida, o‘zingiz to‘g‘ri ta’rif beribsiz. Sakinat — bu inson qalbiga Alloh taolo tomonidan beriladigan xotirjamlik.

Bu iymondan keyin kelib chiqadigan, Alloh taolo tomonidan berilgan ulkan ne’mat va sovg‘adir.

Sakinatni shunday ta’riflash mumkin: inson qalb amallarini ado etishi, Alloh taologa taslim bo‘lishi, Uning buyruqlariga bo‘ysunishi va: “Men Allohning amrini bajaraman”, deb bo‘yin egishidan keyin Alloh taolo uning qalbiga ato etadigan xotirjamlikdir.

Alloh taolo aytadi:

﴿وَأَنزَلَ السَّكِينَةَ فِي قُلُوبِهِمْ﴾

“U ularning qalblariga sakinatni nozil qildi.”

Sakinat degani — xotirjamlik.

Bunday inson vahimaga tushmaydi, hovliqmaydi, qo‘rquv va xavotirlar qalbidan ketadi. Bu juda katta ne’matdir.

Sakinat — Alloh taolo tomonidan inson qalbiga beriladigan ulkan sovg‘adir. Buning sababi esa mo‘minning o‘zini Allohga topshirgani, Unga taslim bo‘lgani va Uning hukmlariga rozi bo‘lganidir.

Shuning uchun, savolda aytilgan ta’rif — “inson qalbiga beriladigan xotirjamlik” — aynan to‘g‘ri ta’rifdir.

Endi kimdir: “Quyoshni yoki oyni ta’riflagandek ta’riflab bering”, desa, bu to‘g‘ri qiyos emas. Chunki sakinat moddiy narsa emas, balki ma’naviy va qalbiy holatdir.

Masalan, “muhabbat nima?” desa, uni quyoshga o‘xshatib yoki shakli, rangi bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Muhabbat — qalbdagi kechinmadir.

Xuddi shuningdek, “g‘azab nima?” desa, g‘azabning rangi qanday, semizmi, oriqmi, uzunmi, qisqami, deb ta’riflab bo‘lmaydi. Chunki u ham qalbiy holat.

Ammo qalam yoki quyosh kabi moddiy narsalarni shakli, rangi va ko‘rinishi bilan ta’riflash mumkin.

Sakinat esa ma’naviy narsa bo‘lgani uchun uni faqat ma’nosi bilan tushuntirish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, sakinat — Alloh taolo tomonidan mo‘minning qalbiga ato etiladigan xotirjamlikdir. Bu xotirjamlik inson Allohga taslim bo‘lib, Uning amrlariga bo‘ysunganidan keyin beriladigan mukofotdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026
  • Hadislar asosida multfilm yaratib, tarmoqqa joylasam bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Yangi hovlimga suv tortishimga qo‘shnilar rozi bo‘lmayapti…

    August 7, 2026
  • Ayol kishi tirnoq bo‘yash va soch kesish kasbi bilan shug‘ullanishi joizmi?

    August 7, 2026