Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Duo >Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

Nashr sanasi: April 15, 2026

Savol :

Ustoz, ruqiya o‘qiyotganda Qur’on va hadisdan boshqa narsalarni o‘qish joizmi? Masalan, “Bismillah, Allohumma ishfi” yoki shunga o‘xshagan duolar bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ruqiyada Qur’on va sunnatda kelgan duolarni o‘qish afzal, lekin shariatga zid bo‘lmagan boshqa duolarni ham o‘qish joiz, ammo tilsimlar va noma’lum kalimalardan saqlanish kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

“Ishfi” degan duo bor, ya’ni: “Allohim, O‘zing shifo ber, komil shifo ber. Shifo beradigan faqat Sensan. Shunday shifo berki, undan keyin kasallik qolmasin.” Bu ma’sur duolardandir.

Ma’sur duolar bilan birga, agar ma’sur bo‘lmagan duolar bo‘lsa, masalan, inson o‘zi tuzgan duo bo‘lsa ham, agar u shariatga zid bo‘lmasa, o‘qish joiz bo‘ladi.

Lekin ma’sur duolarni o‘qish afzal va avlodir.

Qur’on o‘qib ruqiya qilish, sunnatda kelgan duolarni o‘qish — bu eng to‘g‘ri va joiz yo‘ldir.

Ammo bundan boshqa, masalan, turli tilsimlar, jinlarning ismlari, noma’lum kalimalar yoki shunga o‘xshash narsalar bilan bog‘liq amallar bo‘lsa, bu kufr va shirkka olib boruvchi narsalar bo‘lishi mumkin.

Agar duo Allohdan so‘rash bo‘lsa, bunda zarar yo‘q. Qur’on oyatlari va sunnatda kelgan duolar bilan ruqiya qilishda hech qanday muammo yo‘q.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026