Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Rossiyadan yuborgan pullarga narsalarni bozordan olib jo’natganim uchun shu puldan o‘zim uchun ishlatsam bo’ladimi?

Rossiyadan yuborgan pullarga narsalarni bozordan olib jo’natganim uchun shu puldan o‘zim uchun ishlatsam bo’ladimi?

Nashr sanasi: June 15, 2025

Savol :

Ustoz, menga Rossiyadan pul yuborishadi va uy-ro‘zg‘or buyumlarini jo‘natishimni so‘rashadi. Men qayta-qayta bozorga boraman, olgan narsalarni o‘rab, tayyorlab beraman. Shu ishga vaqtim va mehnatim sarf bo‘ladi. Shu pullardan o‘zimga ishlatishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ikki tomon ham rozilik bildirgan kelishuv bo‘lsa, bunda hech qanday muammo yo‘q, sizning haq olishingiz joiz bo‘ladi. Bu oldindan aytilishi, kelishuv asosida bo‘lishi va har narsa shaffof bo‘lishi kerak.

Bismillah, alhamdulillah, vas-solatu vas-salamu ‘ala rasulillahi, va ba’d.

Bu holatda siz ularning yuk jo‘natuvchi vakili hisoblanasiz. Agar ular sizga: “Mana shu narsalardan olib, jo‘natib bering,” deb aytgan bo‘lsa, siz aynan o‘sha odamlar o‘zlari kelib olib ketayotgandek harakat qilishingiz kerak. Ya’ni biror narsani o‘zingizga ishlatishingiz yoki undan foydalanishingiz joiz emas.

Olgan narsalaringiz hammasi o‘sha odamlarning hisobiga yozilishi kerak. Agar siz bu ish uchun xizmat haqi olmoqchi bo‘lsangiz, ularga avval aytishingiz kerak. Masalan: “Men sizga narsa olib beraman, bu ishga vaqtim ketadi, tirikchiligim bor. Shu sababli 5% yoki 10% xizmat haqqi olaman,” deb ochiq-oydin aytishingiz lozim.

Ikki tomon ham rozilik bildirgan kelishuv bo‘lsa, bunda hech qanday muammo yo‘q, sizning haq olishingiz joiz bo‘ladi. Faqatgina shart — siz qancha olganingizni ular bilishi kerak. Hammasi shaffof bo‘lishi lozim.

Yoki, agar siz ularning vakili emas, oddiy sotuvchi sifatida ish tutmoqchi bo‘lsangiz — ular sizga buyurtma beradi, siz topib ustiga qo‘yib berasiz — bu holatda ham muammo yo‘q.

Lekin ular pul yuborib, siz ularning nomidan xarid qilayotgan bo‘lsangiz, bu sizni vakil holatiga keltiradi. Vakil bo‘lgan odam esa, o‘z foydasi uchun emas, uni vakil qilib tayinlagan shaxslarning manfaati uchun 100% ishlashi kerak.

Agar xizmat haqi olishni istasangiz, bu oldindan aytilishi, kelishuv asosida bo‘lishi va har narsa shaffof bo‘lishi kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026