Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Rasululloh sallallohu alayhi vasallam iborasini “s.a.v.” deb qisqartirib yozsa bo’ladimi?

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam iborasini “s.a.v.” deb qisqartirib yozsa bo’ladimi?

Nashr sanasi: June 15, 2025

Savol :

Ustoz, ovozli darslarni daftarga yozayotgan, konspekt qilayotgan paytimizda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam iborasini “s.a.v.” deb qisqartirib yozsak bo’ladimi? Chunki to‘liq yozish ko‘p vaqt talab etadi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Buni ulamolar makruh deyishgan. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning ismlari til bilan aytilganida qanday salovat aytilsa, yozilganida ham salovat yozilishi kerak, degan fikr bor. Vaqtingiz shunga ketsin, baraka topasiz.

Buni ulamolar makruh deyishgan. Ya’ni, ba’zilar bu ishni makruh tahrimiy (ya’ni, haromga yaqin makruh), ba’zilar esa oddiy makruh deb hisoblashgan. Afzali – to‘liq yozishdir. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning ismlari til bilan aytilganida qanday salovat aytilsa, yozilganida ham salovat yozilishi kerak, degan fikr bor.

Ibn Solah o‘z muqaddimalarida bu haqda gapirgan, Suyutiy ham “Ulumul hadis” kitoblarida bu masalaga keng to‘xtalgan. Ulamolar qisqartirish makruhligi haqida bir qancha naqllarni keltirishgan. Shuning uchun erinmasdan “sallallohu alayhi vasallam” deb to‘liq yozish kerak.

Hatto ba’zilar “Rasululloh alayhissalom” deb yozib ketishgan, bu ham to‘g‘ri emas. Chunki “alayhissalom” iborasi payg‘ambarlarga emas, boshqa payg‘ambarlardan tashqari kishilarga nisbatan ishlatiladi. “Vassallam” qismini aytmasdan ketish ham noto‘g‘ri bo‘ladi.

Salaflardan bir kishi shunday degan: “Doim shoshilib, yozganda ‘Rasululloh alayhissalom’ deb yozib ketardim. Bir kuni tushimda Rasulullohni ko‘rdim. Rasululloh: ‘Ey falonchi, “vassallam” degan joyi qani? Nega menga doim salom aytmaysan?’ dedilar. O‘shandan keyin bu amalni hech tark qilmaydigan bo‘ldim.”

Bu amalda baraka bor. “Ko‘p vaqt ketadi”, deb o‘ylamaslik kerak. Aslida qancha vaqt ketadi? Hammasini yig‘ganda o‘rtacha 10 daqiqa yoki yarim soat bo‘lishi mumkin. Bu vaqt davomida qo‘lingiz salovat yozish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Vaqtingiz shunga ketsin, baraka topasiz.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025