Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qaynotam folbin buyurgan amallarni qilmoqchi…

Qaynotam folbin buyurgan amallarni qilmoqchi…

Nashr sanasi: July 9, 2026

Savol :

Bir folchi aytgani uchun qaynotam va qarindoshlari uyimizda chiltonlarga atab bir mol so‘yib, folchi aytgan amallarni o‘tkazmoqchi.

Alhamdulillah, erim ikkimiz shirkdan uzoqmiz va bu ishlarga qarshimiz.

Erimga: “Ota-onangizni bu ishlardan qaytaring,” desam, u: “Yosh bola bo‘lishsa ekan urishsam yoki bir shapaloq urib qaytarsam. Ularga kuchim yetmaydi,” deydi.

Erim xorijda. Men esa kelin bo‘lganim uchun o‘sha kuni xizmat qilishim kerak bo‘ladi.

Shu ishlar sababli bo‘lsa kerak, erimning ishlari ham yurishmaydi, ro‘zg‘orimizda baraka ham yo‘q.

Maslahat bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday ishga imkon qadar umuman hissa qo‘shmang.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday ishga imkon qadar umuman hissa qo‘shmang.

Chiltonlarga atab jonliq so‘yish Allohdan boshqasiga atab qurbonlik qilish bo‘lib, bu juda og‘ir gunohdir.

Folbinlarning gapiga ergashib musulmonlarning aqidasini buzishga sabab bo‘layotgan bunday ishlardan uzoq bo‘lish kerak.

Siz bu ishga hech qachon rozilik bildirmang va imkon qadar ishtirok etmang.

Agar ishtirok etmaslikning iloji bo‘lsa, biror uzr toping. Masalan, sog‘lig‘ingiz joyida bo‘lmasa yoki boshqa uzringiz bo‘lsa, o‘zingizni chetga oling. Muhimi, bu ishga amalda yordam bermang.

Eringiz ham imkon qadar ota-onasiga nasihat qilsin. Agar ularning qo‘lidan qaytarish kelmasa, hech bo‘lmaganda o‘zi bu ishga rozi bo‘lmasin va unda qatnashmasin.

Siz esa Alloh taolodan yordam so‘rang, diningizni mahkam ushlang va shirk amallaridan uzoq bo‘ling.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026