Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qayniukam oldida qanday holatda yurishim kerak?

Qayniukam oldida qanday holatda yurishim kerak?

Nashr sanasi: February 11, 2026

Savol :

Ustoz, biz chet eldamiz. Erimning onalari — qaynonam va qayin-ukam biznikiga mehmon bo‘lib kelishmoqchi. Ularga shar’iy haq-huquqlarni tushuntirguncha, bir xonadonda birga turishimiz joizmi? Va bu holatda men qanday yurishim kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatda shar’iy me’zonlarga rioya qilib yashaysiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda shar’iy me’zonlarga rioya qilib yashaysiz. Ya’ni:

  • qayin-uka oldida hijobda yurishingiz shart,

  • muomala, o‘tirish-turish, yolg‘iz qolib ketmaslik kabi odoblarga e’tibor qilasiz.

Ammo “Bu uyga kelmanglar, boshqa joyga boringlar”, deb qat’iy aytish hozircha to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Bu gap ularga og‘ir botadi, tushunmovchilik va sovuqlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.

Shuning uchun:

  • sabr qilasiz,

  • imkon qadar sharoitni shar’iyat doirasida moslab olasiz,

  • Alloh taoloning kalomiga amal qilasiz:

فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ
“Qo‘lingizdan kelganicha Allohdan qo‘rqing.”

Ya’ni:

  • nimaga qodir bo‘lsangiz, shuni qiling,

  • hijob, masofa va odobni qo‘ldan bermang,

  • mehmonlarning ko‘nglini olishga harakat qiling,

  • xizmatlarini qilib, duolarini oling.

Axir ular mehmon, vaqtinchalik kelgan odamlar. Bir oz turib, ketishadi, inshaAlloh.

Shuning uchun, hatto qiyin bo‘lsa ham sabr bilan, yumshoqlik bilan, yaxshi muomala bilan

bu davrni o‘tkazib yuboring. Bu sabrning ajri katta bo‘ladi, Alloh xohlasa.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026