Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qarz berib, chiqqan mahsulotdan 5% ni olish ribo bo’ladimi?

Qarz berib, chiqqan mahsulotdan 5% ni olish ribo bo’ladimi?

Nashr sanasi: June 18, 2025

Savol :

Xitoydan mahsulot olib kelamiz. Ba’zan pul kerak bo‘lib qoladi. Shunda u yerdagi uyg‘urlar: “Biz qarz berib turamiz, faqat biz bilan ishlaysiz va chiqqan mahsulotdan 5% ni bizga berasiz”, deyishadi. Ularning qiladigan ishi — bizga mahsulotni yuborish va ayrim hujjatlarni tarjima qilib berishdan iborat. Shu shart bilan ulardan qarz olib tursak bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holat aniq ribo bo‘ladi. Chunki Rasululloh ﷺ aytganlar: “Kullu qardin jarr-a naf’an fahuwa riba.” Ya’ni: “Har qanday qarz, agar foyda keltirsa, bu — ribodir.” Bu esa haromdir.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala rasulillahi, amma ba’d.

Bu holat aniq ribo bo‘ladi. Chunki Rasululloh ﷺ aytganlar:
“Kullu qardin jarr-a naf’an fahuwa riba.”
Ya’ni: “Har qanday qarz, agar foyda keltirsa, bu — ribodir.”

Hozir ularning berayotgan qarzi evaziga ular foyda olayapti. Siz ularga 5% foyda berasiz, faqat ular bilan ishlaysiz, mahsulot ulardan o‘tadi va hokazo — bir qancha manfaatlar ko‘zda tutilgan. Agar ulardan qarz olmagan bo‘lsangiz, bu foydalarni ularga bermas edingiz, ular bilan ishlamas edingiz.

Demak, ularning bergan qarzi ular uchun manfaat keltiryaptimi? Ha, bu aynan ribo bo‘ladi. Bu esa haromdir. Bunday yo‘l bilan ishlash noto‘g‘ri.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026