Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qabrga qo’yilganda yuzi ochilib qolsa uning hukmi qanday bo’ladi?

Qabrga qo’yilganda yuzi ochilib qolsa uning hukmi qanday bo’ladi?

Nashr sanasi: April 23, 2025

Savol :

Ustoz, onamiz vafot etib, uni qabrga qo‘yganimizda yuzini ochib qo‘ygan ekanmiz. “Ochmaslik kerak edi”, deyishdi. Buning hukmi nima bo‘ladi? Nima qilishimiz lozim?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar yuzini ochib qo‘ygan bo‘lsangiz, bu bilan hech qanday gunoh qilinmagan. Qabr — mayyit uchun uy. Qabr yopilgan — xuddi uyning eshigi yopilganidek. Endi onangiz uchun foydali ishlarni o‘ylang. Qur’on o‘qing, duo qiling, solih inson bo‘lingki, sizning solihligingizdan va amallaringizdan onangiz foydalansin. Har namozdan keyin ular haqqiga duo qiling. Shu amallaringiz onangizga foyda yetkazadi, in shaa Alloh.

Yo‘q, bo‘lib bo’ldi endi, hech narsa emas. Ko‘milgan bo‘lsa, Alloh rahmat qilsin. Kafan vaqtinchalik narsa o‘zi. U — bir manzilga yetkazish uchun vosita. Qabrga bordi, ko‘mildi. Endi agar yuzini ochib qo‘ygan bo‘lsangiz, bu bilan hech qanday gunoh qilinmagan. Bo‘lib o‘tdi, qabr yopildi. Yuzini ochib qo‘yilgan deyish — bu endi odamlar oldida ochiq qolibdi degani emas-ku.

Qabr — mayyit uchun uy. Qabr yopilgan — xuddi uyning eshigi yopilganidek. Bu holatda endi “biror ish qilishimiz kerakmi?” degan tashvishga o‘rin yo‘q. Bunday o‘ylab, ko‘ngilga g‘ashlik olishning hojati yo‘q. Undan ko‘ra foydali ishlarni o‘ylang.

Onangiz haqqiga duo qiling. Onangiz uchun sadaqalar bering, yaxshi amallar qiling. U kishini yaxshi ko‘rgan do‘stlari bilan aloqani uzmang, bordi-keldi qiling, dugonalariga yaxshilik qiling. Mana shu — onangizga bo‘lgan rahmingizdir.

Qur’on o‘qing, duo qiling, solih inson bo‘lingki, sizning solihligingizdan va amallaringizdan onangiz foydalansin. Har namozdan keyin ular haqqiga duo qiling. U dunyoda yuzini ochib qo‘yilgan yoki yo‘q — bu unchalik muhim emas. Asosiy narsa — bu yerdagi amallaringizdir, va ular onangizga foyda yetkazadi, in shaa Alloh.

Wallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026