Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Pistonli implant tishimni har tahoratda yechishim shartmi?

Pistonli implant tishimni har tahoratda yechishim shartmi?

Nashr sanasi: April 29, 2026

Savol :

Men Amerikada yashayman. Meksikada implant tish qildirganman. Meniki sal boshqacharoq — pistonli, chiqarib qayta solib ishlatadigan turidan.

Muammo shundaki, ko‘p olib-solaversam tez yemirilib ketadi. Har tahorat qilganimda nima qilishim kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar har safar olib-solish natijasida yemirilib ketayotgan bo‘lsa va bu sizga qiyinchilik (haraj) tug‘dirayotgan bo‘lsa, unda uni yechish majburiyati soqit bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar har safar olib-solish natijasida yemirilib ketayotgan bo‘lsa va bu sizga qiyinchilik (haraj) tug‘dirayotgan bo‘lsa, unda uni yechish majburiyati soqit bo‘ladi.

Ya’ni, agar yechib olish sizga zarar yoki qiyinchilik keltirsa, o‘sha holatda uning usti siz uchun kifoya qiladi. Ya’ni ustidan yuvsangiz bo‘ladi, tagini yuvish shart bo‘lmaydi.

Ammo agar bemalol yechib, yana joyiga qo‘yish imkoniyati bo‘lsa, unda tagini ham yuvish kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, og‘iz ichki a’zo hisoblanganligi sababli, uning hukmi tashqi a’zolarga nisbatan yengilroqdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026