Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Opa-singillarim hijob kiymasa, da’yus bo‘lamanmi?

Opa-singillarim hijob kiymasa, da’yus bo‘lamanmi?

Nashr sanasi: July 9, 2026

Savol :

Ustoz, kishi opa-singillarining yurish-turishiga e’tibor qilib, ularni shar’iy hijobga da’vat qilsa-yu, lekin ular quloq solmay, o‘zlari xohlagandek ochiq-sochiq yuraversalar, bu kishi dayus bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bunday inson dayus bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bunday inson dayus bo‘lmaydi.

Agar u o‘z zimmasidagi vazifani ado etayotgan bo‘lsa, ya’ni nasihat qilsa, shar’iy hijobga da’vat qilsa va munkardan qaytarsa, u o‘z burchini bajargan bo‘ladi.

Alloh taolo marhamat qiladi:

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ عَلَيْكُمْ أَنفُسَكُمْ ۖ لَا يَضُرُّكُم مَّن ضَلَّ إِذَا ٱهْتَدَيْتُمْ ۚ

Ey, iymon keltirganlar! O`zingizni biling. Agar hidoyatda bo`lsangiz, adashganlari sizga zarar qilmas. (Moida surasi, 105-oyat)

Demak, siz ularga nasihat qildingiz, tushuntirdingiz, amri ma’ruf va nahiy munkar qildingiz. Shundan keyin ular baribir qabul qilmayotgan bo‘lsa, siz vazifangizni bajargan bo‘lasiz.

Dayus degani esa, o‘z ahlining gunohi, fahsh yoki iflos ishlariga rozi bo‘lib, ularga indamay qo‘yadigan yoki buni ma’qullaydigan kishidir.

Ammo siz bu ishlarga qarshi bo‘lsangiz, nasihat qilsangiz va ularni qaytarishga harakat qilsangiz, Alloh sizning holatingizni biladi. Bunday holatda sizga gunoh yo‘q.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026