Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: November 26, 2025

Savol :

Ustoz, ona voyaga yetmagan bolasining nafaqa pulini ehson qilishi to‘g‘rimi? Agar mumkin bo‘lsa, uning savobi o‘sha farzandiga yoziladimi yoki onagami?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ona farzandining nafaqa pullarini ehson qilib yuborishi joiz emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu narsani ehson qilib yuborishi to‘g‘ri emas. Chunki u — bolaning moli. Ona esa bolaning voyaga yetguncha o‘sha pulni asrab turishi kerak. Bolaning molini ehson qilib yuborsa, unga hech qanday ajr bo‘lmaydi.

Birovning molini ehson qilish orqali ajr topilmaydi-ku, shunday emasmi? Bu ham xuddi shunday. Bola balog‘atga yetgach, onasi o‘sha pulni qaytarib berishi shart.

Agar bola balog‘atga yetgandan keyin:
“Ha, o‘sha pulni ehson qilib yuborganingizga roziman,” — desa, o‘shanda ajr bo‘lishi mumkin. Ammo bu savob bolaga yoziladi, chunki ehson unga tegishli mol bilan bo‘lgan bo‘ladi.

Lekin u balog‘atga yetmaguncha bu ish orqali na bolaga savob bor, na onaga savob bor — chunki bola mukallaf emas, amalda ham o‘zi qilgani yo‘q. Onasi qilgan bo‘lsa ham, u boshqa birovning moli bilan bo‘lgan sadaqa hisoblanadi.

Xulosa: Ona farzandining nafaqa pullarini ehson qilib yuborishi joiz emas. U pulni bolaga foydali bo‘ladigan ishlarga sarflashi yoki ortib qolsa jamg‘arib qo‘yishi kerak, toki bola voyaga yetgach o‘ziga topshirish uchun.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026