Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >O‘n dirham hozirda qanchaga to‘g‘ri keladi?

O‘n dirham hozirda qanchaga to‘g‘ri keladi?

Nashr sanasi: June 20, 2026

Savol :

Uylanganimda domla mahrning eng ozi 10 dirham bo‘ladi deb, 10 dirham mahr belgilagan edi.

Hozirda bu qancha mablag‘ga teng bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

10 dirhamning bugungi qiymati taxminan 30 gramm kumush narxiga teng bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada domlalar ham misqol, qirot yoki dirham kabi qadimiy o‘lchovlarni ishlatganda, ularning bugungi kundagi qiymatini tushuntirib berishlari kerak.

To‘g‘ri, hanafiy mazhabida mahrning eng kam miqdori 10 dirham deb zikr qilingan. Lekin bugungi kunda dirham muomalada ishlatilmaydi. Shuning uchun uning qiymatini vazniga qarab hisoblash kerak bo‘ladi.

Bir dirham taxminan 3 gramm kumushga teng deb olinsa, 10 dirham qariyb 30 gramm kumush bo‘ladi.

Endi kumushning bozor narxiga qarab hisoblanadi. Masalan, 1 gramm kumush taxminan 2 dollar bo‘lsa, 30 gramm kumushning qiymati 60 dollar atrofida bo‘ladi. Narxlar o‘zgarib turishi mumkinligi sababli aniq summa kumushning o‘sha kundagi narxiga bog‘liq.

Shunday ekan, 10 dirhamning bugungi qiymati taxminan 30 gramm kumush narxiga teng bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026