Ustoz, birinchi turmushimdan bir o’g’il, bir qizim bor. Keyin boshqa oila qurganman. Sobiq turmush o’rtog’im bolalarimiz kichikligidan beri ulardan umuman xabar olmagan. Bolalarimga diniy ta’lim berganimiz uchun ular otalari bilan silai rahmni uzmay, gaplashib turishadi.
Biz xorijda yashaymiz, otalari esa O’zbekistonda. O’g’lim uylanadigan yoshga yetib qoldi. To’y qilsak, otasiga aytishimiz kerakmi yoki aytmasdan ham to’y qilaversak bo’ladimi? Nima maslahat berasiz? Shuningdek, silai rahmni uzadigan otalarga ham nasihat qilsangiz.