Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Nogiron farzandimga beriladigan nafaqa pulini boshqa maqsadda ishlatsam bo‘ladimi?

Nogiron farzandimga beriladigan nafaqa pulini boshqa maqsadda ishlatsam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: August 14, 2025

Savol :

Mening bir nafar nogiron farzandim bor, yoshi to‘qqizda. Davlat tomonidan nogironlik nafaqasi beriladi. Qizimning otasi ham aliment puli beradi. Farzandimga qaraganim uchun davlat menga ham pul to‘laydi.

Hozirda ikkinchi marta turmush qurganman. Alhamdulillah, hozirgi turmush o‘rtog‘im ham meni, ham farzandimni moddiy ta’minlaydi. Men farzandimga berilayotgan pullarni o‘zimning pullarim bilan bir joyda yig‘aman. Ba’zan ehson qilish yoki ota-onamga yordam berishda shu pullardan ham ishlataman.

Bu ish to‘g‘rimi? Yoki farzandimning pulini alohida yig‘ishim kerakmi? Uning pullarini o‘z ehtiyojlarim uchun ishlatishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Eng yaxshisi — vallāhu a‘lam — farzandingizga tegishli mablag‘ni alohida yig‘ishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Eng yaxshisi — vallāhu a‘lam — farzandingizga tegishli mablag‘ni alohida yig‘ishdir. Bu shubhalardan saqlanish bo‘ladi. Sizga “qaraganingiz uchun” davlatdan berilayotgan nafaqa sizniki hisoblanadi — uni o‘zingiz xohlagan joyda ishlatishingiz, ota-onangizga berishingiz yoki ehson qilishingiz mumkin.

Ammo farzandga bevosita ajratilgan pul — bu uning haqqi. Uni farzandning manfaatiga ishlatish kerak: o‘qishi, davolanishi, kiyim-kechagi va boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun. Agar hozirgi turmush o‘rtog‘ingiz farzandingizning barcha ehtiyojlarini ta’minlayotgan bo‘lsa, bu mablag‘ni alohida yig‘ib qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kelajakda farzand uchun foydali ishlarga sarflash mumkin.

Ehson yoki sadaqalarni esa o‘zingizning mablag‘ingizdan qilganingiz afzal.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026