Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Nogiron farzandimga beriladigan nafaqa pulini boshqa maqsadda ishlatsam bo‘ladimi?

Nogiron farzandimga beriladigan nafaqa pulini boshqa maqsadda ishlatsam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: August 14, 2025

Savol :

Mening bir nafar nogiron farzandim bor, yoshi to‘qqizda. Davlat tomonidan nogironlik nafaqasi beriladi. Qizimning otasi ham aliment puli beradi. Farzandimga qaraganim uchun davlat menga ham pul to‘laydi.

Hozirda ikkinchi marta turmush qurganman. Alhamdulillah, hozirgi turmush o‘rtog‘im ham meni, ham farzandimni moddiy ta’minlaydi. Men farzandimga berilayotgan pullarni o‘zimning pullarim bilan bir joyda yig‘aman. Ba’zan ehson qilish yoki ota-onamga yordam berishda shu pullardan ham ishlataman.

Bu ish to‘g‘rimi? Yoki farzandimning pulini alohida yig‘ishim kerakmi? Uning pullarini o‘z ehtiyojlarim uchun ishlatishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Eng yaxshisi — vallāhu a‘lam — farzandingizga tegishli mablag‘ni alohida yig‘ishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Eng yaxshisi — vallāhu a‘lam — farzandingizga tegishli mablag‘ni alohida yig‘ishdir. Bu shubhalardan saqlanish bo‘ladi. Sizga “qaraganingiz uchun” davlatdan berilayotgan nafaqa sizniki hisoblanadi — uni o‘zingiz xohlagan joyda ishlatishingiz, ota-onangizga berishingiz yoki ehson qilishingiz mumkin.

Ammo farzandga bevosita ajratilgan pul — bu uning haqqi. Uni farzandning manfaatiga ishlatish kerak: o‘qishi, davolanishi, kiyim-kechagi va boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun. Agar hozirgi turmush o‘rtog‘ingiz farzandingizning barcha ehtiyojlarini ta’minlayotgan bo‘lsa, bu mablag‘ni alohida yig‘ib qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kelajakda farzand uchun foydali ishlarga sarflash mumkin.

Ehson yoki sadaqalarni esa o‘zingizning mablag‘ingizdan qilganingiz afzal.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025