Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Niqob taqiqlangan davlatdagi muslimalar nima qilsa bo‘ladi?

Niqob taqiqlangan davlatdagi muslimalar nima qilsa bo‘ladi?

Nashr sanasi: April 23, 2026

Savol :

Ustoz, niqobli ayollar hozirgi vaziyatda qanday yo‘l tutishlari kerak bo‘ladi? Xabaringiz bor, hozirda Rossiyada niqob qattiq taqiqlangan.

Ko‘chaga chiqishga majburman, ayniqsa doktorlarga ko‘p qatnayman. U yerlarda ko‘pchilik yomon ko‘z bilan qaraydi. Erim ham: “Niqob kiymang, niqobda ko‘chaga chiqsangiz, sizni ushlab ketishadi. Uyni tintuv qilib, uydagi kitoblaringizni ko‘rib qolishsa yaxshi ish bo‘lmaydi,” deyaptilar.

Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi? Ko‘chaga besabab chiqmayman, majburlikdan chiqaman. Bir tanishim anchadan beri maskada yuradi, shunda ham qiyin bo‘lyapti.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar niqob sababli katta zarar kelib chiqsa, zarurat paytida uni yechish joiz bo‘ladi. Shariatda katta zarardan saqlanish uchun kichikroq zarar ko‘tariladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Alloh hammamizga tavfiq bersin, osonlik, ofiyat, tinchlik va xotirjamlik ato etsin.

Bunaqa holatlarda qo‘ldan kelgancha taqvo qilinadi. Alloh taolo aytadi:

فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ
“Qo‘lingizdan kelganicha Allohdan qo‘rqinglar.”

Siz o‘zingiz ham aytyapsiz: imkon qadar chiqmayman, deyapsiz. Demak, zarurat sabab chiqayotgan bo‘lsangiz va chiqishingizda zarar bo‘lsa, bunday holatda niqobni yechib chiqishingiz joiz bo‘ladi.

Agar niqob sababli sizni ushlab ketishsa yoki uyingizni tintuv qilishsa, bundan ham kattaroq zararlar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun katta zarardan saqlanish uchun kichikroq zararga sabr qilinadi.

Bu masala — fuqaholar o‘rtasida ixtilofli. Masalan, hanafiy mazhabda yuz avrat emas degan qarash bor. Shuning uchun inson o‘z holatini, foyda va zararni solishtirib, tinchligini hisobga olishi kerak.

Ya’ni “nima bo‘lsa bo‘lsin, hatto o‘ldirishsa ham niqobni yechmayman” deyish natijasida undan ham kattaroq zararlar kelib chiqishi mumkin. Shariatda esa ikki zarar to‘qnashganda, kattasidan qutulish uchun kichigi ko‘tariladi.

Masalan:

  • ayol tug‘ruq paytida zarurat bo‘lsa, avrat joylari ochiladi
  • operatsiya kerak bo‘lsa, erkak shifokor ham ko‘rishi mumkin
  • ba’zi holatlarda muolaja uchun ochilish zarur bo‘ladi

Bu ham shunga o‘xshash holatdir.

Alloh hammasini ko‘rib turibdi. U zot uzrlarni qabul qiluvchi Zotdir. Musulmon kishi bunday vaziyatda shariat bergan ruxsatlardan foydalanadi.

“Qanday bo‘lsa ham, o‘lsa ham niqob bilan o‘lsin,” deyilmaydi. Balki sharoitga qarab ish tutadi va qo‘ldan kelgancha taqvo qiladi.


Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026