Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Namozda yaqinlarni nomma-nom aytib duo qilish kerakmi?

Namozda yaqinlarni nomma-nom aytib duo qilish kerakmi?

Nashr sanasi: April 17, 2026

Savol :

Namozda duo qilishda ko‘pchilikni, ya’ni ota-onalar, jigarlar, do‘st-qadrdonlarni duo qilishda nomma-nom aytib duo qilish kerakmi yoki umumiy duo qilsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Duoda otma-ot sanab chiqish shart emas Bu ba’zan haddidan oshishga olib boradi Eng to‘g‘risi — umumiy, jamlovchi duolar qilish

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunda duoda birma-bir, otma-ot qilib sanab chiqish maqsadga muvofiq emas. Chunki bu holat duoda haddidan oshishga olib borishi mumkin.

Alloh taolo aytadi:

ٱدْعُوا۟ رَبَّكُمْ تَضَرُّعًۭا وَخُفْيَةً ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُعْتَدِينَ ٥٥

(Surah Al-A‘raf, 7:55)

Robbingizga tazarru’ ila va maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas.

Masalan, duo qilinganda:

“Ey Robbim, mening ota-bobolarimni rahmat qil.”

yoki:

“Qarindoshlarimni, yaqinlarimni O‘zing rahmatingga olgin.”

deb umumiy qilish — bu to‘g‘ri.

Lekin:

“Akam falonchi, Ahmad, Mus’ab, Zubayr…
ularning xotinlari falonchi, yangam falonchi…
katta o‘g‘li falonchi, kichkina o‘g‘li falonchi…”

deb bittalab sanab chiqish — bu duoda haddidan oshish hisoblanadi.


Rasululloh ﷺ ham duoda ortiqcha tafsilotdan qaytarganlar.

Bir sahobaning o‘g‘li shunday duo qilgan edi:

“Ey Robbim, jannatga kirganimda o‘ng tarafda bir qasr ber.”

Shunda otasi uni qaytarib dedi:

“Bu haddidan oshishdir.”

Shuning uchun duo:

– umumiy
– jamlab aytilgan
– qisqa, lekin mazmunli bo‘lishi kerak.

Buning sababi — Alloh taoloni ulug‘lashdir.

Chunki Alloh subhanahu va taolo:

Malikul muluk — barcha podshohlarning Podshohi.

Tushuntirish uchun misol:

Agar siz bir rahbar oldiga kirib:

“Qishlog‘imizga gaz kerak, iltimos yordam bering”  desangiz — bu to‘g‘ri.

Lekin agar:

“Falonchi aka, pistonchi aka, falonchi xola, uning qo‘shnisi, uning qarindoshi…” deb bittalab sanab chiqaversangiz — bu ortiqcha va nojoiz bo‘ladi.

Odamlar oldida shunday bo‘lsa, Alloh taolo oldida qanday bo‘ladi?

Shuning uchun Allohdan:  katta narsalar,  umumiy narsalar,  keng ma’noli duolar so‘raladi.

Masalan:

“Ey Robbim, bizning gunohlarimizni kechir.” Desangiz — hamma kiradi:

  • ota-bobolar
  • qarindoshlar
  • farzandlar

“Zurriyotlarimizni isloh qil” desangiz — keyingi avlodlar ham kiradi.

“Qarindoshlarimizni rahmat qil” desangiz — barchasi kiradi.

Shuningdek, Rasululloh ﷺ dedilar:

«لَا يَسْتَجِيبُ اللَّهُ دُعَاءً مِنْ قَلْبٍ غَافِلٍ لَاهٍ»
(Tirmidhi)

 “Alloh g‘ofil qalbdan chiqqan duoni qabul qilmaydi.”

Demak, duoda muhim narsa: ko‘p gapirish emas ,balki ixlos va qalbdir


Xulosa:

  • Duoda otma-ot sanab chiqish shart emas
  • Bu ba’zan haddidan oshishga olib boradi
  • Eng to‘g‘risi — umumiy, jamlovchi duolar qilish

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026