Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namoz farz ekanini bilmay taqlidan o‘qib yurgan odam qazolarini o‘qiydimi?

Namoz farz ekanini bilmay taqlidan o‘qib yurgan odam qazolarini o‘qiydimi?

Nashr sanasi: December 16, 2025

Savol :

Bir kishi johilligi va ilmsizligi sababli shunchaki taqlid qilib namoz o‘qigan bo‘lsa, ya’ni namoz farz ekanini bilmasdan, faqat ota-bobolarini ko‘rib namoz o‘qib yurgan bo‘lsa — keyinchalik “namoz uchun niyat shart” ekanini bilganida, avvalgi namozlarini qayta o‘qishi kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Uni avvalgi namozlarini qayta o‘qisin deyish — to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki u inson o‘sha paytda fiqh nuqtai nazaridan zimmasidagi namozni ado qilgan hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Uni avvalgi namozlarini qayta o‘qisin deyish — to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki u inson o‘sha paytda fiqh nuqtai nazaridan zimmasidagi namozni ado qilgan hisoblanadi. U taqlid bilan bo‘lsa ham, baribir namozni o‘qigan.

Agar biz “niyati to‘liq bo‘lmagan ekan, hammasini qayta o‘qisin” desak — unda juda ko‘p odamlarning o‘tmishda o‘qigan namozlarini qazo qilishlariga to‘g‘ri kelib qoladi. Bu esa shariatning maqsadiga mos emas.

Demak:

  •  Oldin o’qilgangan namozlar o‘rniga qazo vojib emas.

  • Endi esa bundan keyin to‘g‘ri niyat, to‘g‘ri tartib bilan namozni mukammal o‘qib boradi.

  • Nafl ibodatlarni ko‘paytirsa — bu uning o‘tmishda bo‘lgan kamchiliklarini to‘ldiradi, in shā Alloh.

Vallohu a’lam.


Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026