Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Murtad singilga yordam bersa bo‘ladimi?

Murtad singilga yordam bersa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: June 13, 2026

Savol :

Ustoz, ayajonimning singlisi Toshkentda yashaydi. U murtad bo‘lib qolgan. Islom dinini tan olmaydi, Yahova guvohlari e’tiqodiga kirib ketgan.

Ayajonim singlisini Islomga qaytarishga harakat qildilar, ammo foydasi bo‘lmadi. Ayajonim murtad bo‘lgan singlisi bilan aloqa qilsa bo‘ladimi? Singlisi yordam so‘rasa, sila-rahm yuzasidan unga yordam bersa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Murtad bo‘lib qolgan qarindosh bilan aloqani butunlay uzib yuborish shart emas. Agar yordam so‘rasa, sila-rahm va qalbini Islomga moyil qilish maqsadida yordam berish joiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu juda achinarli holat. Musulmon bo‘lib turib, keyinchalik dindan chiqib ketish katta musibatdir.

Aslida, shariat hukmlari to‘liq tatbiq etiladigan jamiyatda murtadlik masalasi o‘zining alohida hukmlariga ega. Fiqh kitoblarida murtad kishiga tavba taklif qilinishi, Islomga qaytishga da’vat qilinishi zikr qilingan.

Hozirgi holatda esa eng muhim vazifa — uni Islomga qaytarishga harakat qilishdir. Modomiki inson tirik ekan, tavba eshigi ochiq. Agar shu holatda vafot etsa, uning oqibati juda xavfli bo‘ladi. Shuning uchun unga nasihat qilish, haqiqatni tushuntirish va Islomga qaytishga da’vat etish lozim.

Shu maqsadda u bilan aloqani butunlay uzib yubormaslik kerak bo‘lishi mumkin. Aksincha, yaxshi muomala, hikmat va nasihat orqali uni haq yo‘lga qaytarishga urinish kerak.

Agar yordam so‘rasa, sila-rahm va da’vat maqsadida yordam berish mumkin. Lekin bu yordam uning qilayotgan ishidan rozi bo‘lish yoki murtadligini ma’qullash ma’nosini anglatmasligi kerak.

Balki unga yordam berayotganda ham, imkon topilganda Islomga qaytishi kerakligini eslatib turish, qilayotgan ishi noto‘g‘ri ekanini bildirish lozim.

Ya’ni yordam berish ham amri ma’ruf va da’vat vositasi bo‘lsin. Ba’zan yordam berish orqali qalbini yumshatish mumkin bo‘ladi, ba’zan esa ayrim narsalarni bermaslik orqali qilayotgan ishining noto‘g‘riligini his qildirsa bo‘ladi.

Muhimi, inson nima uchun yordam berayotganingizni va nima uchun ayrim hollarda yordam bermayotganingizni tushunib tursin.

Shariatda «muallafatul-qulub», ya’ni odamlarning qalbini Islomga moyil qilish tushunchasi ham mavjud. Shuning uchun qalbini Islomga qaytarish umidida yaxshi muomala qilish va yordam berishning o‘rni bor.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Iddadagi ayol boshqa yurtga safar qilib, o‘sha yerda idda o‘tirsa bo‘ladimi?

    June 13, 2026
  • Mutaassiblikning zararlari haqida.

    June 12, 2026
  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026