Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Muhojir ayollar to‘ylarda har xil qo‘shiqlar bilan bazm qilishi.

Muhojir ayollar to‘ylarda har xil qo‘shiqlar bilan bazm qilishi.

Nashr sanasi: July 18, 2026

Savol :

Hozirgi kunda biz, muhojir o’zbeklar, to’ylarimizda O’zbekistondan kelgan turli xonandalarning qo’shiqlarini qo’yib, ayollar bazm qilishmoqda.

Shu ish to’g’rimi? Axir biz o’z yurtimizdagi mana shunday muhitlardan qochib kelmaganmidik? To’g’risi, shu masala sabab oilamda ham muammolar chiqyapti. Shu haqida tushuncha bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

To’yda daf jo’rligidagi joiz nashidlar bilan zamonaviy musiqa va bazmni bir-biriga aralashtirib yubormaslik kerak.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Bu juda o’rinli eslatma bo’ldi. Alloh sizdan rozi bo’lsin.

Haqiqatan ham, ko’pchilik dinini erkinroq yashash, farzandlarini Islom ruhida tarbiyalash va gunohlardan uzoq bo’lish niyatida hijrat qilgan edi. Endi o’sha noto’g’ri odatlarni yana o’zimiz to’ylarimizga olib kirishimiz to’g’ri emas.

To’yda ayollar uchun nashid eshittirish masalasida ulamolar ruxsat bergan doira bor. Masalan, daf jo’rligida aytiladigan nashidlar to’y munosabati bilan joiz, degan hukmlar kelgan.

Lekin bugungi kunda ba’zan “nashid” nomi ostida shunday ohanglar qo’yiladiki, undagi musiqa, ritm va ovozlar oddiy qo’shiqdan deyarli farq qilmaydi. Tashqaridan eshitgan odam u yerda nashid emas, diskoteka bo’layotganini o’ylaydi.

Bunday bazmlarda turli raqslar, noo’rin harakatlar va Islom odobiga to’g’ri kelmaydigan holatlar sodir bo’ladi. Natijada to’y ibodat va shukr yig’ini bo’lish o’rniga, gunoh ishlarga sabab bo’lib qoladi.

Aslida bu holat shariat ruxsat bergan kichik eshikni asta-sekin kengaytirib, oxir-oqibat katta darvozaga aylantirib yuborishning natijasidir.

Shuning uchun oxiratini o’ylaydigan, taqvoni maqsad qilgan mo’mina ayollar bunday ishlardan chetda bo’lishga harakat qilishlari kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026