Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

Nashr sanasi: October 31, 2025

Savol :

Biz savdo sohasida ishlaymiz.
Mijozlar kartaga pul o‘tkazishsa, biz dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblaymiz.

Sababi — kartadagi pulni naqd qilish uchun umumiy summadan 1% yechib oladi
(ya’ni 10 million so‘m uchun 100 ming so‘m).

Shu ishimiz joizmi?
Bu ishda ribo (foiz) bo‘lmaydimi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bu narsa to‘lov tizimidagi xizmat haqi yoki texnik chegirma tufayli bo‘layotgan bo‘lsa — unda muammo yo‘q, bu ribo (foiz) hisoblanmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar bu narsa to‘lov tizimidagi xizmat haqi yoki texnik chegirma tufayli bo‘layotgan bo‘lsa —
unda muammo yo‘q, bu ribo (foiz) hisoblanmaydi.


Chunki qo‘lma-qo‘l pul almashinuvi bilan kartadan-kartaga o‘tkazish
bu ikkita turli amaliyot.
Kartadagi pul — bu naqd emas, balki hisobdagi qiymat.

Masalan, siz bilan mijoz dollarni so‘mga aylantirishda o‘zaro hozirgi kursda kelishsangiz,
bozor kursidan biroz qimmatroq yoki arzonroq belgilashning zarari yo‘q,
agar bu ikkala tomonning roziligi bilan bo‘lsa.


Muhim shart — bu qo‘lma-qo‘l (yoki onlayn to‘lov shaklida zudlik bilan) amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
Ya’ni pul kechiktirilmay, shu paytning o‘zida hisobdan o‘tishi lozim.

Shunday bo‘lsa, bu amal joiz, va bunda ribo yo‘q.


Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026