Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Meros ahkomlariga beparvo qaraydigan musulmonlarga nasihat.

Meros ahkomlariga beparvo qaraydigan musulmonlarga nasihat.

Nashr sanasi: July 15, 2026

Savol :

Ustoz, ko’pchilik o’zini musulmon hisoblasa-da, meros masalasiga kelganda o’z jigarlariga haqqini bersa, mulki kamayib qolishidan qo’rqib, botil yo’l bilan ularning haqqini yeb qo’yadi. Ko’pincha o’g’il bolalar merosni o’zlashtirib oladi, qizlarning haqqi esa qolib ketadi.

Ota uyida qolgan o’g’il merosxo’rlarning haqqini bermay, bemalol o’zi tasarruf qilib yuraveradi. Qizlar haqqini so’rasa, xafalashib qolishadi. Iltimos, nasihat qilsangiz va haqdorlarga haqqi berilmasa, buning dunyo va oxiratdagi oqibatlarini aytib o’tsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Haqiqatda, bu bugungi hayotimizda eng ko’p unutilgan va shariatga eng kam amal qilinayotgan masalalardan biridir. Bu — meros masalasi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Haqiqatda, bu bugungi hayotimizda eng ko’p unutilgan va shariatga eng kam amal qilinayotgan masalalardan biridir. Bu — meros masalasi.

Afsuski, odamlar eng yaqin qarindoshlariga zulm qilishadi. Singillariga, opalariga, ba’zan hatto aka-ukalariga ham merosdagi haqqini bermaydilar. Ota vafot etsa, uyda qolgan o’g’il hamma narsani o’ziniki qilib oladi, turmushga chiqqan qizlarga esa: “Senga hech narsa yo’q”, deyiladi.

Bu esa ochiq-oydin zulmdir.

Alhamdulillah, bugungi kunda bu sunnat asta-sekin jonlanmoqda. Oxiratni o’ylaydigan inson meros masalasida Allohning hukmiga bo’ysunadi va har bir haqdorning haqqini beradi.

Agar haqdorning haqqi berilmasa, buning oqibati juda og’ir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xabar berganlaridek, Sirot ko’prigining ikki tomonida silai rahm va omonat turadi. Ular o’z haqlarini talab qiladilar.

Meros ham omonatdir. Sizning qo’lingizdagi mol aslida boshqalarning haqqi bo’lsa-yu, uni bermay yeb yursangiz, bu omonatga xiyonat hisoblanadi.

Inson bu dunyoda qancha mol yig’masin, baribir uni tashlab ketadi. Ammo har bir tiyin uchun Allohning huzurida javob beradi.

Shuning uchun aqlli inson merosni o’zlashtirib olishga emas, balki undan tezroq qutulishga, ya’ni haqdorlarning haqqini ado etishga harakat qiladi. Chunki oxiratdagi hisob-kitob bu dunyodagi foydadan ancha og’irdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026