Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Mashina sotgan va sotib olgan kishining savoli.

Mashina sotgan va sotib olgan kishining savoli.

Nashr sanasi: July 9, 2026

Savol :

Ustoz, mashinamni 8500 dollarga baholab sotdim. So‘ng o‘sha joyning o‘zida boshqa bir do‘stimdan mashina sotib oldim.

Sotgan mashinamning pulini hali olmadim, sotib olgan mashinamning pulini ham hali bermadim.

Mendan mashinani olgan kishi uni o‘z nomiga rasmiylashtirgach, bankka garovga qo‘yib pul oladi va o‘sha pul bilan narigi do‘stimga to‘laydi.

Bu yerda men riboga aralashib qolmadimmi? Bunday savdo joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz bu ishning bankdan foizli qarz olib amalga oshirilishini oldindan bilgan holda bunga rozi bo‘lgan bo‘lsangiz, riboga yordam bergan bo‘lasiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar siz bu ishning bankdan foizli qarz olib amalga oshirilishini oldindan bilgan holda bunga rozi bo‘lgan bo‘lsangiz, riboga yordam bergan bo‘lasiz. Chunki siz o‘sha odamning riboli kredit olishi orqali bitimni amalga oshirishiga ko‘maklashgan bo‘lasiz.

Lekin agar bu holatni bilmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh bo‘lmaydi. Siz mashinangizni sotgansiz, boshqa mashina sotib olgansiz. Savdoning o‘zi joiz.

Muammo savdoda emas, balki uni moliyalashtirish uchun riboli kredit olishdadir.

Shuning uchun, agar oldindan uning foizli kredit olishini bilib turib shu asosda bitim qilgan bo‘lsangiz, bu joiz emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026