Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Madina yoki Jiddadan mahramsiz umraga borsa bo‘ladimi?

Madina yoki Jiddadan mahramsiz umraga borsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 17, 2026

Savol :

Madina, Riyoz, Jidda kabi shaharlarda mahramsiz o’qiyotgan ayol-qizlar Makkaga borib kelishlarida xavf-xatar bo’lmasa, umraga borsalar bo’ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar umra qilmoqchi bo’lsa, imkon bo’lsa, bu yerdan mahrami kelib, birga umra qilib qaytishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar qiz bola o’sha yurtga ta’lim olish uchun borib, xavfsiz sharoitda o’qiyotgan bo’lsa, u yerga borishining maqsadi ta’lim bo’ladi. Endi u yerga borgandan keyin: “Umraga ham borib kelaman”, deb chiqishi masalasi boshqa.

Agar umra qilmoqchi bo’lsa, imkon bo’lsa, bu yerdan mahrami kelib, birga umra qilib qaytishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.

Agar ishonchli ayollar jamoasi bilan boradigan bo’lsa, Imom ash-Shofi’iy mazhabida haj va umra uchun bunga ruxsat berilgan. Lekin jumhur ulamolar ayol kishining mahramsiz safar qilib haj yoki umraga borishini joiz, deb hisoblamaganlar.

Shuning uchun ehtiyotliroq yo’l — mahram bilan borishdir.

Qiz bola ta’lim olish uchun borgan bo’lsa, o’sha yerda ta’limi bilan mashg’ul bo’lishi maqsadga muvofiq.

Qolaversa, umra nafl ibodat hisoblanadi. Agar mahramsiz borish masalasida ixtilof bo’lsa, undan ko’ra o’z xonasida Qur’on tilovat qilib, zikr va boshqa ibodatlar bilan mashg’ul bo’lishi afzalroqdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026