Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kompyuter o‘yinxona ochish hukmi.

Kompyuter o‘yinxona ochish hukmi.

Nashr sanasi: July 12, 2026

Savol :

Biz kompyuterxona yoki PlayStation klubi ochib, shariatga zid bo’lmagan o’yinlar orqali pul topsak bo’ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh ﷺ: “Har qanday lag’v botildir…” deganlar

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday ish, asosan, lag’v (behuda mashg’ulot) hisoblanadi.

Rasululloh ﷺ: “Har qanday lag’v botildir…” deb marhamat qilganlar (bundan shar’an istisno qilingan ayrim mashg’ulotlar mustasno).

Agar rizq topmoqchi bo’lsangiz, ummatga foyda keltiradigan ish bilan shug’ullanganingiz ma’qul. Kompyuterxonada yoki PlayStation klubida yoshlar soatlab vaqtini behuda o’tkazadi. Ta’lim olishi, foydali ilm bilan mashg’ul bo’lishi o’rniga ayrimlari ota-onasidan yashirincha pul olib kelib, vaqtini shu yerda sarflaydi.

Siz uchun qancha ko’p o’tirishsa, shuncha daromad bo’ladi. Ammo bu ularning o’ziga ham, ota-onasiga ham zarar yetkazadi. Shuning uchun ummatga zarar yetkazadigan ishlarga sabab bo’lish tavsiya etilmaydi.

Bugungi kunda ko’plab xalqlar farzandlarini ilm, texnologiya va kasb-hunarga yo’naltirmoqda. Afsuski, ayrim musulmon yoshlar esa soatlab, hatto kunlab o’yinlarga berilib ketmoqda. Ba’zan buning oqibatida oilalar ham zarar ko’rmoqda. Ayrimlar turmush o’rtog’i va oilasining haqlarini unutib, butun vaqtini o’yinlarga sarflab yuboradi. Bu jiddiy muammo.

Shuning uchun bunday ishlarga hissa qo’shmaslikka harakat qiling.

Agar tijorat qilmoqchi bo’lsangiz, odamlarga manfaat yetkazadigan kasbni tanlang. Masalan, nonvoychilik, oshxona, dorixona, yuk tashish yoki insonlarning ehtiyojini qondiradigan boshqa halol kasblar bilan shug’ullaning.

Musulmonlarning vaqtini behuda o’tkazishga sabab bo’ladigan faoliyatni ochishni tavsiya qilmayman.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026