Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kofirga “ey, birodar” deyish hukmi?

Kofirga “ey, birodar” deyish hukmi?

Nashr sanasi: December 25, 2024

Savol :

Islom diniga e’tiqod qilmagan (kofir) kishiga “ey, birodar” deb murojaat qilish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Musulmon kishi kofirga “ey brodar” deb murojaat qilmagani maqul.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Musulmon kishi kofirga “ey, birodar” deb murojaat qilmagani ma’qul. Chunki, u Alloh va Uning Rosuli sollallohu alayhi vasallamga ishonmagunicha bizning birodarimiz boʻlmaydi. U bizning birodarimiz boʻlishi uchun, islomni qabul qilgan va iymon keltirgan musulmon boʻlishi lozim. Kofir esa bizning birodarimiz boʻlaolmaydi.

Ammo, siz uning ismi yoki laqabi bilan murojaat qilsangiz, yoki boshqa soʻzlar bilan, masalan: “doʻst” deb aytsangiz, bunda hech qanday muammo yoʻq. Shuningdek, “doʻst” yoki “hamkor” kabi soʻzlarni ishlatish ham joiz. Ammo, siz unga “ey, birodar” desangiz, biz aytamizki, u sizning birodaringiz emas!

Birodarlik faqat islom va iymon egalari orasida boʻladi. Yahudiylar, nasroniylar va islomdan boshqa har qanday din vakillari bizning birodarlarimiz boʻla olmaydi. Chunki, biz kofirlarga, butparastlarga yoki nasroniylarga birodar emasmiz.

Agar u(kofir) musulmonning o’z akasi bo’lsachi?

Agar musulmon kishi oʻzning g’ayridin akasi yoki ukasini “ey birodar” desa, bunda hech qanday muammo yo’q! Chunki, bu holatda ular orasida qavmiy (nasl-nasab) birodarchiligi bor. Agar bir musulmonning o’z akasi kofir boʻlsa, unga “ey, birodar” deb aytishi joiz. U uning qarindosh birodari. Va ularning birodarligi bu yerda din emas, balki qavmiy (nasl-nasab) a’loqasidan kelib chiqadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026